Özbekiston boş vaziri örinbosari Adham Ikromov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi bugun Qirğizistonga safar qildi. Bu haqda Qirğiziston hukumati matbuot xizmati axborot bergan.

«Bugun Qirğiziston Respublikasiga Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi taşrif buyurdi. Taşrifdan asosiy maqsad döstona, qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşdan iborat», — deyilgan xabarda.

«Döstuk» çegara nazorat-ötkaziş punktida Özbekiston delegatsiyasini Qirğiziston boş vaziri örinbosari Muhammadqali Abulğoziyev, boş vazir örinbosari Jyeniş Razakov, Qirğizistonning Özbekistondagi elçisi Doniyor Siddiqov, Qirğizistonning Öş, Jalolobod va Botken viloyatlari rahbarlari, şuningdek, oqsoqollar, jamoat va madaniyat vakillari kutib olgan.

Xabar berişlariça, Özbekiston delegatsiyasi tarkibidan Andijon, Namangan va Farğona viloyati rahbarlari, davlat organlari, madaniyat, sport vakillari, diniy ulamolar örin olgan.

Taşrif doirasida qator madaniy-ommaviy tadbirlar ötkaziş rejalaştirilgan.

Xususan, mehmonlar Öş şahrida Qirğiziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uçraşib, Bobur nomidagi drama teatrida "Semetey Manas öğli" nomli teatrlaştirilgan dasturini tomoşa qiladi. 

Şuningdek, özbek delegatsiyasi qişloq xöjalik mahsulotlari körgazmasi bilan tanişadi, Öş davlat universitetida talabalar bilan uçraşadi. Taşrif nihoyasida delegatsiya vakillari "Sulayman-Too" tarixiy etnografik majmuasiga safar uyuştiradi.

Uçraşuvlar yakuni böyiça ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Eslatib ötamiz, 1 oktabr kuni Qirğiziston delegatsiyasi vakillari döstona taşrif bilan Andijon şahriga kelgandi.