Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika hukumatining iste'fosi haqidagi farmonga imzo çekdi. Farmon u imzolangan vaqtdan boşlab kuçga kirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar qilgan. 

25 oktabr kuni parlament spikeri köpçilik koalitsiyasining tarqatib yuborilişi haqida rasman ma'lum qilgandi.

Xabarda aytilişiça, respublika vazirlar mahkamasining iste'fosi törtta deputatlik fraksiyalari örtasidagi kelişuv asosida şakllangan parlament koalitsiyasi maqomining yöqotilişi haqida rasman e'lon qilingani bois qabul qilingan.

"2015 yil 2 noyabrda Qirğiziston Jogorku keneşida SDPK, "Kirgizistan", "Onuguu-Progress", "Ata Meken" fraksiyalari örtasidagi koalitsion kelişuv asosida şakllangan Qirğiziston respublikasi hukumati iste'foga çiqarildi deb hisoblansin", — deyilgan xabarda.

Şu bilan bir vaqtda boş vazir, boş vazir örinbosari, şuningdek, respublika ma'muriy boşqaruv rahbarlariga hukumatning yangi tarkibi va boşqarmalar rahbarlari tayinlangunga qadar vazifalarini bajarişni davom ettiriş taklif etildi.