Kanadaning BlackBerry kompaniyasi özining Android operatsion tizimdagi uçinçi smartfonini taqdim etdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi.
Sentyabrda BlackBerry mobil telefon işlab çiqarişni töxtatgani töğrisida e'lon qilgandi. Mobil devays ustidagi işlar kompaniya hamkorlariga ötadi. BlackBerry'ning özi esa dasturiy ta'minot yaratişga diqqatini qaratadi.
Şunday qilib, DTEK60 modeli – BlackBerry mustaqil ravişda komponentlarini yiğgan oxirgi telefon.
Smartfonning ekrani - 5,5 dyuymli. Boşlanğiç narxi – 499 dollar. Apple kompaniyasining xuddi şunday diagonalli iPhone 7 qurilmasining bahosi 769 dollardan boşlanadi, Google Pixel'ning narxi esa 649 dollardan boşlanadi.
BlackBerry'ning Android'dagi ilk smartfoni 2015 yilning noyabrida taqdim etilgandi, ikkinçi smartfoni esa 2016 yilning iyulida namoyiş qilingan.












