Janubiy Koreya va niderlandiyalik olimlar, Niderlandiyaning Groningen viloyatida dahşatli zilzila yuz berişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ular Yevropa iste'mol qiladigan tabiiy gazning 10 foizga yaqini qazib olinadigan hududni örganişgani haqida arXiv.org saytida e'lon qilişgan.

Olimlarning hisob-kitoblariga köra, 2025 yilga kelib, yiliga kamida bir marta 4 balldan yuqori yer silkinişlari röy beradi. 2025 yilda 5 balldan yuqori zilzila yuz berişi ehtimoli bir foizga teng. 

Mutaxassislar Groningen viloyatida sönggi 10 yil mobaynidagi seysmik faollik ösiş sur'atlari va geofizik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilib, laboratoriya tajribalari ötkazgaç, şunday xulosaga kelişgan. Olingan natijalarni Gutenberg-Rixter boğliqligini hisoblab çiqişda foydalanişgan. U zilzilalar davriyligi va kuçi örtasidagi aloqani aks ettiradi. 

Groningen viloyatida tabiiy gaz koni zaxirasi böyiça dunyoda sakkizinçi örinda turadi. Uning işga tuşirilişi bilan 1970 yillarda mamlakatda «gollandiya xastaligi» tuşunçasi —  iqtisodiyotning tabiiy zaxiralarni qazib olişga öta boğliqlikni anglatuvçi ibora paydo bölgandi. 

600 mingga yaqin kişi istiqomat qiluvçi Groningen viloyatining katta qismi dengiz sathidan pastda joylaşgan. Tabiiy gazning faol qazib olinişi natijasida yer yuzasi çökmoqda. 1986 yildan beri 3,6 ballgaça texnogen zilzilalar röy berib turadi.