Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi jurnalistlarining Donbassda halok bölişiga oid jinoiy iş böyiça Rossiyada sudlangan Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savçenko Moskvaga keldi. U Rossiya Oliy sudining ukrainalik millatçilar Nikolay Karpyuk va Stanislav Klixlarning apellyatsiyasi böyiça majlisida iştirok etadi.
RIA Novosti agentligining yozişiça, Savçenko sud binosiga Moskva vaqti bilan ertalab soat 10larda yetib kelgan. Deputat sud qarorigaça biron bir izoh berişdan boş tortgan.
Oliy sud majlisini önlab jurnalistlar yoritadi. Xavfsizlik çoralari kuçaytirilmagan.
Savçenko advokati Nikolay Polozovning RIA Novostiga ma'lum qilişiça, Nadejdaning Rossiyaga kelişiga tösqinlik qiluvçi sabablar mavjud emas: "Rasmiy nuqtai nazardan u mutlaq erkin inson", - degan edi Polozov.












