26 oktabr, seşanba kuni Kanadada hamşira Elizabet Treysi Mai Fettlaufer ustidan sud işi boşlandi, u 8 nafar kişining ölimida ayblanmoqda. Bu haqida VVS xabar qildi.
Manbaga köra, hamşira özi işlaydigan qariyalar uyida yaşovçi 8 nafar kişini öldirgan. Qariyalar uyi binolari Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Vudstok va London şaharlarida joylaşgan.
Qurbonlarning yoşi 75 yoşdan 96 yoşgaça bölgan. Ularning 5 nafari - ayol kişi, 3 nafari esa - erkaklar bölgan.
Politsiyaning xabariga köra, hamşira ularga halokatli dozadagi dorini yuborgan.
Vudstok politsiyasi boşliği Uilyam Renton 49 yoşli hamşira Fetllauferning nima maqsadda bunday qilganligini ma'lum qilmadi. Uning sözlariga köra, politsiya halokatli doza yuborilgan barça bemorlarni aniqlagan.
Qotilliklar 2007 yildan 2014 yilga qadar sodir etilgan.
Bu 2006 yildan buyon Ontariodagi eng yirik jinoiy işdir, öşa yili baykerlar guruhining 8 nafar a'zosi öldirilgandi. Ularning ölimida 5 kişi aybdor deb topilgan.












