Odam immuntanqisligi virusi AQŞga Nyu York orqali tarqalgan. Şahar fuqarolaridan biri 1970 yillarning boşida Karib orollarida uşbu virusni yuqtirib olgaç, bu kasallik Amerikaga kirib kelgan. 48-49 yillar avval, Karib mamlakatlarida bu virus katta sur'atlarda tarqalayotgan edi, deyiladi Nature jurnalida çop etilgan maqolada.
""Nolinçi bemor" deb ataluvçi Gaetan Duga, bugungi kunda insoniyat tarixidagi eng nafratlaniladigan insonlardan biri bölib ulgurgan. U epidemiyani qasddan tarqatgan ğarazli insonlar guruhining vakillaridan biridir. Biz esa, 1980 yillarda AQŞda keng tarqala boşlagan OIV epidemiyasiga Duga birlamçi sabab bölmaganini körsatib berdim", — deya hikoya qilgan Buyuk Britaniya Kembrij universiteti xodimi Riçard Makkey.
OIVning Amerika böylab ilk tarqalişi xaritasi
Olimlar fanga noma'lum kasallikning tarqalayotgani xususida ilk marotaba 1981 yilda gapira boşlaşgan. Öşanda, amerikalik şifokorlar Nyu York va Kaliforniyada yaşovçi giyohvandlar va jinsiy axloqi buzuqlar orasida immunitet tanqisligi bilan boğliq noodatiy holatlarga duç kelişgan edi. Bu borada tekşiruv işlari olib borgan olimlar 1983 yilda OIV-1 deb nomlangan virusni kaşf qiliş hamda uni mamlakat böylab sayr qilib, qasddan yuzlab va minglab aloqalar orqali tarqatayotgan tarmoqni aniqlaşga muvaffaq bölişdi.
Ilmiy maqolalarda "O bemor" deb nomlangan, biroq matbuot tomonidan "nolinçi bemor", ya'ni ilk manba deya xato öqilgan ana şunday bemorlardan biri tarqatiş tarmoğida markaziy örin tutgan. Çunki, u Kanada aviakompaniyalaridan birida bort kuzatuvçisi bölib işlagan va şunga binoan dunyo böylab sayr qiliş imkoniga ega bölgan. Uning ismi Gaetan Duga ekanini jurnalist Rendi Şilts aniqlab, 1986 yilda OIV haqida yozgan kitobida keltirgan.
Olimlarning işonişlariça, şifokorlar OIV va OITS epidemiyalari tarqalayotgan ilk kunlarda virusni yuqtirganlarda kasallik simptomlari tezda namoyon bölmasligini bilişmas edi. Şu boisdan ular, Duga virusni olib kirgan va uning Amerikaga tarqalişiga sabab bölgan, deb hisoblaşardi.
Asli tarixçi bölgan Makkey va qator genetiklar va biologlar OIVning global epidemiyasining tarqalişini aniqlab, maşhur "nolinçi bemor"ning zimmasidan ayblovni olib taşlaşdi. Ular, Duganing qonini va “XX asr vabosi”ning viruslarini ilk yuqtirganlar qonidan olingan virus namunalarini örganişdi.







