30 oktabr ertalab "Soyuz MS" seriyasidagi kosmik kema Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining 3 a'zosi bilan Qozoğistonda qöndi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Yerga rossiyalik fazogir Anatoliy Ivanişin, amerikalik Ketlin Rubins va yaponiyalik Takuya Onisi qaytdilar. Ular koinotda 115 kun böldilar.

Parvozlarni boşqariş markazi ekranida "Qöniş amalga oşirildi" degan yozuv çiqişi bilan qidiruv-qutqaruv otryadlari kapsula qöngan joyga yöl olişdi. Ular yaqin orada fazogirlarni kapsuladan çiqarib olişadi.

Qayd etib ötiş kerak, joriy yildagi sönggi parvoz noyabr örtalariga belgilangan: "Soyuz MS-03" kosmik kemasi 17 noyabrda Boyqönğir kosmodromidan parvoz qilişi kutilmoqda. Bu kemada XKSga rossiyalik Oleg Novitskiy hamda Toma Peske va Peggi Uitson uçadilar.

Hozir XKSda rossiyalik fazogirlar Andrey Borisenko va Sergey Ryjikov hamda  amerikalik Robert Şeyn Kimbrou qolmoqda.