Çilidagi «Odeks Italiano» klubining argentinalik yarimhimoyaçisi Sebastyan Pol içki çempionat doirasida «Universidad Katolika» jamoasiga qarşi öyin yakunida raqib jamoa muxlislaridan birining boşiga qarata tepgan. Bu holat tasvirlangan video YouTube portalidagi ACONTRATA kanaliga joylangan.

Futbolçi maydon va tribuna örtasidagi tösiq ustiga sakrab çiqqan va muxlislardan biriga oyoq bilan zarba berib, ortga qaytgan.

The Daily Mail naşri ma'lumotiga köra, uçraşuvdan keyin Pol hibsga olinib, körsatma beriş uçun politsiya mahkamasiga keltirilgan. Hozirda uşbu hodisa yuzasidan jinoiy iş oçilişi kutilmoqda.

Xabarda qayd etilişiça, Sebastyan Pol 2 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Uşbu voqea röy bergan öyin «Universidad Katolika» jamoasining 4:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi.