Koreyaliklar boş murabbiyidan uşbu öyinga qilingan reja haqida söralganda şunday dedi:
"Biz Özbekistonga faqat ğalaba kerakligini bilar edik. Şuning uçun şogirdlarimga, birinçi taymda imkon qadar ehtiyotkorlik bilan harakat qilişni, muhimi, kamida durangni saqlab turişni iltimos qildim. Körganingizdek, ikkinçi taymda mezbonlar çarçab qolişdi, ularning himoyasida böşliqlar paydo böla boşladi va biz hujumni kuçaytirdik. Töğri, ğalaba qozona olmadik, ammo körgan bölsanglar, juda köp vaziyatlarni futbolçilarim golga aylantira olişmadi. Şu tomondan olib qaraganda, biz taktik jihatdan öyinda ğalaba qozondik, deb öylayman".
Bir jihatga e'tibor berdim. Aslida agar Suriya Eron ustidan ğalaba qozonganida, Janubiy Koreya uçun ham bugungi natija qoniqarsiz bölib qolardi. Balkim, boş murabbiy mana şunday kibor bilan öz aqlini bizga maqtab ötirmasdi. Bölişi mumkin. Balki.
Lekin bilasizmi, menimça, Janubiy Koreya murabbiyi Erondagi öyinni, uning natijasini öz rejalarining markaziga qöyib olmagandi. Uning vazifasi aynan Toşkentdagi öyinda ğalaba qozoniş - aynan mana şu öyin uçun öz taktikasini, ssenariysini rejalaştirdi. Barça qarorlarni, strategiyalarni mana şu öyin ustiga qurdi. Töğri, ğalaba qozona olmadi, ammo bu köproq futbolçilarning muammosi, aybi. Şunisi aniq-ki, ular ğalabaga bizdan köra ança yaqin edilar.
Bizni qaysi hisob qoniqtiradi? Endiçi, Suriya uribdi, endi Koreyaga ham ğalaba kerak. Biz esa, uçta gol urişimiz kerak. Uh, Eron tenglaştirdi, endi bitta gol yetadi. Urra, Eron yutyapti, endi durang ham bizni uçinçi örinda qoldiradi. Ana endi biz yutişimiz kerak, "davaaaay".
"Suriya gol urdi! Eron!!! Eron öyinni sotdi! Öyinni yutqazib berdi Eron!!! (s)
"Iye, 2:1 deb aytişdi-ku? Vaaaaay" (s)
Muxlislar, jurnalistlar - borimiz şu, lekin bilasizmi, Samvel Babayan, boşqa murabbiylarimiz, futbolçilarimiz ham butun siklni mana şu kayfiyatda ötkazişdi. Bizda hali imkoniyat bor. Falon öyinda falon komanda oçko yöqotsa... Hali imkoniyat yöqotilgani yöq. Imkon bor ekan, kuraşişda davom etamiz... Hammasi öz qölimizda!..
Göyoki terma jamoamiz murabbiylari, Özbekiston futbol federatsiyasi muxlislarni, jurnalistlarni eşitmayotgan edilar, boşqa dunyoda yaşayotgan edilar - vey, bular nega tanqid qilişyapti özi? Axir imkoniyat bor-ku? Vey, nega norozi bular, axir Qatarni yutdik-ku!
Ular ana öşa qoğozdagi imkoniyatlar dunyosida yaşadilar, Sergeyevning ikki yildan beri gol urmay kelayotganini, sönggi yetti öyinda beş bor mağlubiyatga uçraganimizni, öyin sifati nihoyatda ğarib ekanini öylamadilar - imkoniyat bor-ku! Yerni öpamiz, futbolka rangini almaştiramiz, faqat hujumçini emas, tavba...

















