AQŞ sudi amerikalik dijyey Skrilleksga konsertlardan birida muxlislar ustiga sakraganda bir muxlisaning ustiga tuşib, unga jarohat yetkazgani uçun jabrdiydaga 1,6 mln dollar tölab beriş majburiyatini yukladi. Bu haqda NME naşri xabar berdi.
Dijyeyning harakatlaridan jabr körgan Jyennifer Freysl ismli uşbu qiz 4,5 mln dollar kompensatsiya tölanişini talab qilgan.
Sud qizga peşvoz çiqib, artist zimmasiga qizga mömaygina pul tölaş majburiyatini qöygan. Musiqaçi bölib ötgan voqeada 35 foiz aybdor deb topilib, qiz talab qilgan summaning uçdan birini tölab beradigan böldi.
“Men uçun eng asosiysi, muxlislarim konsertlarda özlarini xavfsiz his qilişlaridir. Men ular xursand bölib, musiqadan zavq olişlarini istayman”, deb aytgan sud qaroridan noroziligiga qaramay musiqaçi.

















