“Real Madrid” klubining ruminiyalik muxlisi özi sevgan jamoa “Barselona”ga qarşi uçraşuvda mağlubiyatga uçragandan keyin uyiga öt qöyişga qaror qildi. Bu haqda Digi24 telekanali xabar bermoqda.
Voqea Arad şaharçasida yuz bergan. Bu yerda yaşovçi 70 yoşli erkak “Real”ning mağlubiyatidan dili xufton bölib, uyiga qamalib olib, alangalanuvçi suyuqlikli ballonçani olovga taşlagan. Erkakka qarab yurgan ayol uy içidan çiqayotgan qora tutunni körib, yordamga oşiqqan, biroq uy içiga kira olmagan.
Ayol oila a'zolariga murojaat qilgan va köpçilik bölib uy eşigini buzib, içkaridan “alamzada” muxlisni olib çiqişga muvaffaq bölingan. Keyinroq öt öçiruvçilar kelib, yonğinni bartaraf etişgan.
Erkak sevimli jamoasining boşqa bunday “itoatkorligini” körişni istamay, olovda ölişni istaganini tan olgan. U qilmişidan puşaymon emasligini aytgan.
Muxlisga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan va u psixiatrik tekşiruvga yuborilişi mumkin.
23 dekabrda Madridda ötgan navbatdagi “el-klasiko” 0:3 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi. Uşbu ğalaba evaziga “Barsa” musobaqa jadvalida “Real”dan 14 oçko ildamlab ketdi. Endi katalon klubi hisobida 45 oçko, Madrid klubi hisobida esa 31 oçko va bitta zaxira öyini bor.

















