Tribuna.uz saytida jurnalist Elmurod Ermatovning «Nomsiz maqola» nomli maqolasi naşr qilindi. Uşbu maqola töliğiça keltiriladi.

Nomsiz maqola

Jurnalistikada: “Maqolaning 50 foiz kuçi sarlavhada” degan ibora bor. Adadi bir neça millionlarni taşkil etuvçi “Argumenty i fakty” naşrida tayyorlangan har bir materialga muştariylar diqqatini tortadigan sarlavha topiş uçun 30 nafar xodim band. 

Keçagi beöxşov mağlubiyatdan söng işqibozlar tuni bilan telefon qilaverib, halak qilişdi. “Aka, dardimizni yozing!”, “Nega Raşidov tuşmadi?”, “Qaçongaça yutqazaveramiz?” kabi savollar bilan murojaat qilgan samimiy muxlislar dardini tinglab, klaviatura qitirlatişga tuşdim. Maqola sarlavhasi haqida öylanib ham ötirişning keragi yöq. Çunki, yurtimizda eng serğayrat bölgan sport muxbirlari allaqaçon “guldek” iboralarning barini işlatib bölişgan. Keyin Suriya bilan öyin uçun sarlavha töqib nima qildim. Arzimaydi, ham.  

Galiulin, Markov menga qarindoşmi?
Boş murabbiymizga: “Nega Vagizni termaga olmayapsiz?” deb köp marta savol berganman. U menga “Uning öyini mening öyin falsafamga töğri kelmaydi” deb javob qaytargandi. E-e, falsafangdan örgildim... 

Axborot örnida aytib qöymoqçiman, bundan beş yilça oldin muxlislar Sanjar Tursunovning termaga olinişini talab qilib çiqişgan va natija ijobiy bölgandi. Afsus, endi Markovning yoşi ötib qoldi. U bilan suhbatlaşganimda: “Çaqirişsa bor kuçimni berib öynardim” deb aytganiga ham ikki yil bölibdi. Keça öng qanot yarim himoyasi işlamadi hisob. Çunki, Denisov yöq edi-da! Aynan Galiulin öşa nozik joyga rosa kerak böldi. Vityaning qanoti keça böm-böş turdi desam ham bölaveradi.    

Afoninni olişdi-yu... Beçorani “Paxtakor”ning “tajribali” va “mahoratli” öyinçilari “raqobat”da sindirişdi. Hadeb: “Mana bu öyinçi termaga kerak!” deb yozaverganimdan söng meni futbolçilarni qarindoşi bölsa kerak deb öylaganlar ham bor. Doston Hamdamov allaqaçon terma safida asosiyda tuşişi kerak. Yuguradi, tezligi ham yaxşi. Yurtimizdan çiqqan har bir mahoratli futbolçi muxlis va jurnalistlar uçun qondoşdek gap.  Faqat öyinçilar yaxşi körişimizni bilişmaydi, çoği. 

“Babayan mençalik siqilarmikan?”
Keçagi öyin oldidan muxlislar fikrini töpladik. Mulohazalar deyarli bir xil edi. “Yutamiz” dedi hamma birvarakayiga. Biroq, biz noşudlar öyinçilar fikrini söramabmiz. Ular içida “Köramiz” degan ekan.  Yarim tunda andijonlik Jamoldin  buva qönğiroq qiladi: “Öğlim, töğrisi, yutqazganimizda Babayan mençalik siqilarmikan?”. Ana sizga savol! Murabbiy öyinni 20 daqiqasida tili osilib, tizzasini uşlab qolgan öyinçilarni körib içidan zil ketgan bölişi tayin. Yana bilmadim... Taktikasi iş bermaganida, jamoa töp nazoratini qöldan çiqarib yugur-tep uslubida boşvoqsiz öynaganida biroz bölsa ham siqilgandir...