Jahon | 15:19 / 31.10.2016
7356
2 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKO Masjidul Aqsoni “Ibodat tog‘i” deb atashni inkor qildi

Foto: info.islom.uz

26 oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat bo‘yicha qo‘mitasi YuNeSKO «Quddusdagi eski shahar va uning devori» loyihasini qabul qilib, Ibodat tog‘i degan atamani inkor qildi. Bu haqda Info.islom.uz xabar bergan.

Qarorni 10 mamlakat vakili qo‘llab-quvvatlagan, ikki vakil qarshi chiqdi, 8 mamlakat ovoz berishdan bosh tortgan, Yamayka vakili ovoz berishda ishtirok etmagan. Ovoz berish Xorvatiya va Tanzaniyaning talabiga ko‘ra, yashirincha tarzda amalga oshirilgan.

Ushbu loyihani Falastin va Iordaniyaning nomidan Kuvayt, Livan va Tunis davlatlari taqdim qilgan edi.

Rezolyutsiyada, jumladan, Ibodat tog‘ining nomi Haram-ush-sharif deb yuritilgan, uning yahudiylar uchun muqaddas qadamjo ekani inkor qilingan, «arxeologik qazilmalar» esa vayrongarchiliklar deb atalgan.

Isroil ushbu rezolyutsiya ovozga qo‘yilmasligi uchun qattiq harakat qildi, hech bo‘lmaganda qarorni tushirib qoldirishni talab qildi. Rezolyutsiya qabul qilingach, bosh vazir Binyamin Netanyahu uni kamsitish deb baholab, «Bu yerda Isroil emas, YuNeSKO aybdor», dedi.

YuNeSKO ijroiya kengashi 18 oktabr kuni qabul qilgan qarorda Isroil bu mintaqada tinchlik saqlanishini ta'minlashi lozimligi, Masjidul Aqsoni Haram-ush-Sharif deyish, uning o‘ziga xos madaniy merosi ekani bayon qilingan. Rezolyutsiyani qabul qilishga 24 mamlakat ovoz berdi, 6 mamlakat qarshi chiqdi, 24 mamlakat betaraf bo‘ldi.

Rezolyutsiyada 19 o‘rinda Masjid Aqso nomi zikr qilingan bo‘lib, unga «Haramul-sharif» degan, Isroil Masjidul Aqso o‘rniga ishlatib kelgan Ibodat tog‘i degan atama ishlatilmagan.

Mavzuga oid