15 aprel, juma kuni Isroil politsiyasi göyoki masjid içida norozilik uçun töplangan toşlarni olib çiqiş uçun içkariga kirganini iddao qilgan. Isroil taşqi işlar vazirligi avvaliga politsiya içkariga kirganini butunlay rad etdi, vaholanki buni isbotlovçi yuzlab videolar internetda tarqaldi, keyinçalik esa Isroil politsiya masjid hududiga kirişga «majbur bölganini» ma’lum qildi.

Holatga birinçi bölib odatdagidek Iordaniya hukumati munosabat bildirdi. Iordaniya taşqi işlar vaziri Ayman as-Safodiy Isroil Aqso masjidi hududidan maxsus kuçlarini tezda olib çiqib ketişini talab qildi. U ramazon oyida musulmonlar özlari uçun muqaddas bölgan qadamjoda bemalol ibodatlarini amalga oşirişlari kerakligini ta’kidladi. Safodiy Iordaniya hududdagi barça provokatsion harakatlar töxtatilişiga erişişini ham aytdi.

Ilk noroziliklarda 150 dan ortiq falastinlik musulmon yaralandi, 400 ga yaqin falastinlik qölga olindi. Politsiya islom olami uçun muqaddas bölgan masjid içigaça kirib, derazalarni sindirdi, odamlarga kuç işlatdi.

Yakşanba kuni Isroil politsiyasi Qudducning yahudiylar Eski şahar deb ataydigan hududiga kirgaç, yana töqnaşuvlar sodir böldi. Isroil politsiyasi rezina va közdan yoş çiqaruvçi öq işlatdi. Falastinliklar esa odatiy «qurollari» toşdan foydalanişdi. Töqnaşuvlarda önlab falastinliklar yaralandi. Isroil politsiyasi bu harakatini «muqaddas hududni yahudiylar kirişi uçun xavfsiz qiliş» deb atadi. Aqso masjidi joylaşgan maydonda yahudiylar ham muqaddas deb qabul qilgan qadamjo bor. Ötgan yil ramazonda xuddi şu körinişdan nizolar Ğazoda 11 kunlik uruşga aylanib ketgandi.

Masjidul Aqso nega möminlar uçun muqaddas?

Musulmon olami uçun Quddusdagi Al Aqso masjidi alohida ahamiyat kasb etadi. Islom ta’limotiga köra, oxirzamon payğambari Muhammad sallollohu alayhi vasallam Me’rojga (ya’ni arşi a’loga) farişta Jabroil alayhissalom bilan birga aynan Aqso masjididan kötarilganlar. Aqso Makkadagi Masjidul Harom va Madinadagi Masjidul Nabaviydan keyin islom olamida eng muqaddas dargoh sifatida e’tirof etiladi. Islom ummatining birinçi qiblasi bölmiş Aqso masjidi uçta dinning vatani bölgan muqaddas Quddus şahrining ayni damda Isroil nazoratiga ötib qolgan hududida joylaşgan.

Masjidul Aqso joylaşgan maydonda yahudiylar Yiği devori deb atab e’tiqod qiladigan joy ham bor. Yahudiylar özlari muqaddas deb ataydigan uşbu maydonga bemalol kiradi, ammo musulmonlar köpinça muammoga duç kelişadi. Ayniqsa ramazon oyida.

Isroil politsiyasining iddaosiça, oxirgi töqnaşuvda musulmonlar masjid içiga toş olib kirgan va bu maydonga boradigan yahudiylar uçun xavf tuğdirgan. Falastin prezidenti matbuot kotibi Nabil Abu Rdenah Isroil politsiyasining harakatlarini bosqin deb atadi.