Qöşrabot tumanida mahalla raisi şilqimlik harakati uçun maʼmuriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.

Sud hujjatiga köra, Qöşrabot tumanidagi Katta Oqmaçit mahallasi raisi 42 yoşli U.Ç. hududda yaşovçi ayolga şahvoniy şilqimlik qilgan. U ayolga Telegram orqali yozib, jinsiy aloqa taklif etgan. Şuningdek, uyatli videolarni jönatgan. 

U.Ç. sudda aybiga iqrorlik bildirmagan. U bu harakatlarni telefonidagi begona raqam kimligini biliş uçun turmuş örtoği sodir etganini aytgan.

Jabrlanuvçi ayol esa mahalla raisiga qonuniy çora körişni söragan.

“Turmuş örtoğim bilan özaro kelişmovçilik sababli ota uyimga ketdim. Qaynonam, mahalla raisi U.Ç. hamda mahalla xotin-qizlar faoli kelib, bizni yaraştirmoqçi böldi. Meni yaşaş uyimga olib ketişdi. Öşa vaqtda mahalla raisi mening telefon raqamimni olib ketdi. Şundan buyon tinç qöymasdan, menga işqiy munosabatda bölişni taklif qildi. Bir neça marotaba Telegram orqali pornografik videolarni taşladi. Şu sababli oilam buzilib ketişi mumkin”, degan ayol suddagi körsatmasida.

Sud qarori bilan U.Ç. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (şahvoniy şilqimlik qiliş) hamda 189-moddasi (pornografik mahsulotni tayyorlaş, olib kiriş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.