«Özavtosanoat» AK tizimi korxonalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat maxsus işçi guruh tuzildi. Kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, bundan maqsad Özbekistonda işlab çiqarilayotgan avtomobillarni sotiş va ularga xizmat körsatiş masalalariga boğliq bölgan fuqarolar murojaatlari bilan işlaş tizimini takomillaştiriş hisoblanadi.

«Özavtosanoat» AK boşqaruv raisi örinbosari Qobiljon Azimov boşçiligidagi uşbu işçi guruh fuqarolarni qabul qiliş va ular tomonidan kötarilayotgan masalalarni obektiv körib çiqiş va asosli ravişda ijobiy hal qiliş vazifasini bajaradi.

Ma'lum qilinişiça, avtomobil savdosiga tegişli bölgan barça masalalar yuzasidan bevosita diler korxonalariga yoki GM Uzbekistan AJning “Mijozlarni qöllab quvvatlaş markazi” (Call-Center,  +998 71 141 77 77) orqali murojaat etiş mumkin.

Ma'lumotnomada şuningdek, fuqarolar murojaatlari, ular qaysi vositalar orqali yetkazilganidan qat'i nazar, Özbekiston Respublikasi Boş Vazirining Virtual qabulxonasi apparatiga hisobot tariqasida muntazam ravişda yetkazilişi va har bir murojaat yuzasidan amalga oşirilgan çoralar haqida ma'lumot berilişi bildirilgan.

Har bir murojaat rasmiy hujjatlaştirib, tez fursatda va murojaat qiluvçiga qulay bölgan uslubda körib çiqilişi kafolatlangan.

Şunday işçi guruh GM Uzbekistan tomonidan ham tuzilgan. AJ tomonidan işlab çiqarilayotgan avtomobillar savdosi va ularga xizmat körsatiş masalalari böyiça jamiyat boş direktori v.v.b. Rustam Baxtiyaroviç Rajabov boşçiligidagi işçi guruhga fuqarolarni qabul qiliş va ular tomonidan kötarilayotgan masalalarni atrofliça körib çiqiş va asosli ravişda ijobiy hal qiliş vazifasi yuklatilgan.

Fuqarolarni qabul qiliş  har kuni soat 8:00 dan 11:00 gaça GM Uzbekistan AJ binosining 107-xonasida amalga oşirilmokda.

Qayd etiş kerakki, Özbekiston Boş vaziri Şavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga öz taklif va şikoyatlari bilan murojaat qiluvçi fuqarolar soni oşib borgani sayin, uşbu murojaatlarga öz vaqtida javob berilişi hamda hal qilinişi yuzasidan nazorat ham kuçaytirilmoqda. Şuningdek, har bir murojaat qat'iy nazoratga olinib, fuqarolarning murojaatlariga nisbatan befarqlik bilan qaragan mas'ul şaxslar jazoga tortilmoqda.