Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy ösiş sur’atlarini ta’minlaş böyiça asosiy vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Qayd qilinişiça, mamlakatda yiliga 650 ming dona avtomobil işlab çiqariş quvvatiga ega 4 ta yirik korxona bor. Joriy yilda 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detalni işlab çiqarişni boşlaş muhim ekani ta’kidlandi. Işlab çiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingga yetkaziş zarurligi ta’kidlandi.
Aholining mahalliy avtomobillarga talabini rağbatlantiriş maqsadida avtokredit stavkasini pasaytiriş va hajmini oşiriş çorasini köriş topşirildi.
Umuman, avtomobil sanoati mutasaddilariga joriy yilgi işlab çiqariş dasturini 10,5 foizlik ösişni ta’minlaşga moslab qayta körib çiqiş topşirildi.








