Niger hukumati çorvadorlar va fermerlar örtasidagi töqnaşuv oqibatida kamida 18 kişi halok bölganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bundan taşqari, töqnaşuvlarda 20 ga yaqin kişi jabrlangan. Ta'kidlanişiça, voqea Nigeriya bilan çegaradagi Banji qişloğida bir çorvadorning çorvasi fermerlardan birining dalasini payhon qilgandan keyin yuz bergan.
Nizoni bostiriş uçun politsiya aralaşuvi talab qilingan.
"Köçmançi çorvadorlar fermer bilan muştlaşa boşlaşgan va unga jarohat yetkazişgan. U tibbiyot markaziga yetkazilgan. Hammasi ana şundan boşlangan", deb ma'lum qildi Banji meri Umaru Muhaman.
Bundan taşqari, töqnaşuvlar oqibatida 15 ga yaqin uy yoqib yuborilgan.











