Adliya vazirligi fermer xöjaliklarining buxgalteriya hisobini yuritiş tartibi töğrisidagi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi. Hujjat 2026-yil 11-avgustda 3921-son bilan röyxatga olingan.
Nizom Soliq-servis AJning hududiy bölimlari tomonidan fermer xöjaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritiş böyiça xizmatlar körsatiş tartibini belgilaydi.
Hujjatga muvofiq, paxta va ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritiş xizmatlari bepul körsatiladi.
Şuningdek, yangi taşkil etilgan fermer xöjaliklariga ularning xohişiga köra, dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuboriş xizmatlari uçun haq undirilmaydi.
Rahbari yoşlar bölgan yangi taşkil etilgan fermer xöjaliklariga esa tegişli xizmatlar 2 yil davomida bepul körsatiladi.
Soliq-servisʼning hududiy bölimlari fermer xöjaligini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritiş tizimiga qabul qiliş, buxgalteriya hisobini taşkil etiş va yuritiş bilan ham şuğullanadi.
Bundan taşqari, fermer xöjaligi xodimlarining iş haqi, soliqlar va boşqa tölovlarini hisoblaş, soliq va yiğimlar hisobini yuritiş, soliq, moliyaviy va statistika hisobotlarini tayyorlaş xizmatlari körsatiladi.
Hududiy bölimlar fermer xöjaliklarida inventarizatsiya ötkaziş jarayonida ham iştirok etadi.









