Şimoliy Koreya hukumati 24-72 soat içida "Musudan" rusumidagi örta masofaga möljallangan ballistik raketa sinovini ötkazmoqçi. Bu haqda razvedkaning oxirgi ma'lumotlaridan xabardor bölgan amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Fox News xabar bermoqda.
Ularning aytişiça, bunday xulosaga sun'iy yöldoşlardan olingan suratlar asosida kelingan. Şu bilan birga ta'kidlanişiça, manbalar suratlarda aynan nima tasvirlanganini ma'lum qilişmagan.
Amaldorlar Şimoliy Koreya raketalarni toğlarda joylaştirilgan portativ otuvçi qurilmalardan uçirişi mumkinligidan xavotir bildirişgan.












