DW xabariga köra, bu haqda şanba kuni Janubiy Koreya Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi maʼlum qilgan.
«Janubiy Koreya, AQŞ va Yaponiya Şimoliy Koreya ballistik raketalari haqida yaqindan axborot almaşgan holda yuqori jangovar şaylikni saqlamoqda», - deyiladi Seul bayonotida.
Xabarda raketaning aniq turi, qança masofaga uçgani va qayerga tuşgani haqida maʼlumot keltirilmagan.
Avvalroq çegaradagi portlaşda uç harbiy jarohatlangan
Raketa uçirilişi haqidagi xabar ikki Koreya örtasida çegaradagi portlaş yuzasidan kelişmovçilik davom etayotgan bir paytda tarqaldi.
21-sentabr kuni çegara hududida sodir bölgan portlaş oqibatida Janubiy Koreyaning uç nafar harbiy xizmatçisi jarohatlangan.
AFP agentligi Janubiy Koreya harbiy manbalariga tayanib xabar berişiça, Seul hodisaga Şimoliy Koreyaning piyodalarga qarşi minalari portlaşi sabab bölgan deb hisoblamoqda.
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kan Sin Çxol Pxenyanni sulh kelişuvini buzişda ayblab, javob çoralari köriş niyatini bildirgan. Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi esa KXDRdan uzr söraşni talab qilgan.
Pxenyan ayblovlarni rad etdi
Şimoliy Koreya portlaşga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni qabul qilmagan.
KXDR rahbari Kim Çen Inning singlisi Kim Yo Çjon Janubiy Koreya tomonining bayonotini «öta tuban va iflos» deb atagan. Uning sözlarini Şimoliy Koreyaning KCNA davlat axborot agentligi tarqatgan.
Ikki davlat örtasida tinçlik şartnomasi yöq
Şimoliy va Janubiy Koreya rasman hamon uruş holatida hisoblanadi. Koreys uruşi 1953-yilda sulh kelişuvi imzolanişi bilan töxtagan, ammo rasmiy tinçlik şartnomasi tuzilmagan.
Ikki davlatni demilitarizatsiya qilingan zona ajratib turadi. Minalar örnatilgan uşbu hududning örtasidan demarkatsiya çiziği ötadi. Bu dunyodagi eng qattiq qöriqlanadigan va minalar eng köp joylaştirilgan çegaralardan biri hisoblanadi.

















