Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 20-sentabr, yakşanba kuni qisqa masofali ikkita ballistik raketani sinovdan ötkazdi.
Janubiy Koreya Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi maʼlumotiga köra, raketalar Şimoliy Koreyaning şarqiy sohilidan Yapon dengizi tomon uçirilgan. Ikki parvoz orasida qariyb uç soat vaqt bölgan.
Birinçi raketa mahalliy vaqt bilan soat 15:00 larda Vonsan şahri yaqinidan uçirilgan va taxminan 450 kilometr masofani bosib ötgan.
Ikkinçi raketa parvozi soat 17:50 larda qayd etilgan. U 600 kilometrdan ortiq masofaga uçgan.
Janubiy Koreya va AQŞ harbiylari raketalarning aniq turi hamda texnik xususiyatlarini belgilaş uçun qöşma tahlil ötkazmoqda.
Yaponiya hukumati Şimoliy Koreyaga qatʼiy norozilik bildirib, raketalar uçirilişini mintaqadagi tinçlik va xavfsizlikka tahdid deb atadi.
Sinovlar avvalgi parvozlardan sakkiz kun ötib amalga oşirildi. Janubiy Koreya harbiylari 12-sentabr kuni ham Vonsan hududidan Yapon dengizi tomon bir neçta ballistik raketa uçirilganini maʼlum qilgan edi.
Pxenyan AEXA rezolyutsiyasini rad etdi
Yangi raketa sinovlari Pxenyan özini yadro quroliga ega davlat deb yana bir bor eʼlon qilib, Atom energiyasi xalqaro agentligining yadroviy faoliyatni töxtatiş haqidagi rezolyutsiyasini rad etganidan bir neça kun ötib ötkazildi.
Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inning singlisi Kim Yo Çjon mamlakatning yadroviy davlat maqomi «mutlaq» ekanini aytdi. U Pxenyan yadroviy quroldan voz keçişiga umid qilayotganlarni keskin tanqid qildi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp avgust oyida Şimoliy Koreyada 57 ta «juda kuçli» yadroviy jangovar kallak borligini aytgan edi.
Janubiy Koreya tomoni esa Pxenyan ixtiyoridagi yadroviy kallaklar sonini 80 tadan 120 tagaça deb baholamoqda. Bu raqamlar mustaqil ravişda tasdiqlanmagan.
Şimoliy Koreya yirik harbiy maşq ötkazgan edi
Şimoliy Koreya qurolli kuçlari 12-sentabr kuni artilleriya va raketa bölinmalari iştirokida keng kölamli zarba beriş maşqlarini ötkazgan.












