Olmaota şahri jinoiy işlar böyiça maxsus tumanlararo sudi Ruslan Kulekbayevga oliy jazo tayinladi. U Olmaota şahrida şu yilning iyul oyida sodir etgan terrorçilik harakati uçun ölim jazosiga loyiq körilgan.
Mahkama qarorini sud majlisiga raislik qilgan Yerlan Bolatov öqib eşittirgan, deb xabar qilmoqda "Interfaks" agentligi. Sud hukmi xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan holda qöriqlanayotgan tergov izolyatorida e'lon qilingan.
Kulekbayev Qozoğiston Jinoyat kodeksining ikki yoki undan köp kişi öldiriş, qotillikka uriniş, qaroqçilik, qurolni noqonuniy aylanmasi, qurol öğirlaş, avtotransportni öğirlaş va noqonuniy ozodlikdan mahrum etiş bandlari böyiça aybdor deb topilgan.
2016 yil 18 iyulda qurollangan erkak Olmaota markazidagi Olmali tumani politsiya xodimlariga qarata öq uzgani oqibatida, 10 kişi jumladan 8 nafar huquq idoralari xodimi halok bölgan edi.

Hujum qilgan şaxs uşlangan. U ikki marta sudlangan, salafiylik oqimi a'zosi 26 yoşli Ruslan Kulekbayev ekani aniqlangan. Ruslan qasos oliş maqsadida uşbu jinoyatni sodir etganini aytgan.
Qozoğistonda 2003 yildan beri ölim jazosini ijro etişga moratoriy joriy etilgan bölib, oliy jazoni tayinlaş bekor qilinmagan.












