Toşkentdagi Yoşlar ijod saroyida xalqaro ta'lim körgazmasi boşlandi. Körgazma "International Study Uzbekistan Expo – 2016" deb nomlanib, "ITE Uzbekistan" kompaniyasi hamda Britaniya Kengaşi hamkorligida taşkil etildi. Unda mamlakatimiz hamda qator xorijiy davlatlarning ta'lim sohasiga oid yangiliklari, oliy öquv yurtlari faoliyati, grant dasturlari, çet tillarni örganişga oid ma'rifiy dasturlari bilan tanişiş mumkin. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Toşkentdagi xalqaro Vestminster universiteti rektori K.Karimov, Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi K.Allan, "ITE Uzbekistan" xalqaro kompaniyasi raisi N.Hasanova va boşqalar Özbekistonda ta'lim sohasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar natijasida mazkur yönalişdagi xalqaro hamkorlik kölami tobora kengayib borayotganini ta'kidladi.

Xalqaro ta'lim böyiça uşbu körgazmadan közlangan asosiy maqsad oliy ta'lim sohasida axborot almaşiş, xorijiy ta'lim imkoniyatlari, oliy ta'lim olişni davom ettiriş va malaka oşirişga doir ma'lumotlardan yoşlarni boxabar etişdan iborat. Körgazma iştirokçilari yurtimiz hamda Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya, Xitoy, Ruminiya, Fransiya, Yaponiyadagi injiniring, innovatsion texnologiyalar, rejalaştiriş va statistika, turizm va mehmonxona biznesi, tabiiy fanlarga ixtisoslaşgan oliy ta'lim maskanlaridagi öquv yönalişlari, ta'limdan keyingi, biznes, ta'til dasturlari, til örganiş kurslari böyiça keng ma'lumotga ega böliş mumkin.
– Koventri universiteti Buyuk Britaniyaning yetakçi oliy ta'lim muassasalaridan biri, – deydi Buyuk Britaniyaning Koventri universiteti vakili Klaudio Iordaxe. – Universitetimizda talabalarga biznes, moliya, ilğor texnologiyalar, gumanitar yönalişlar böyiça ta'lim beriladi. Uşbu körgazmada Özbekiston yoşlarining bilim olişga bölgan iştiyoqi ğoyat baland ekani, ular bir neça xorijiy tillarni puxta egallaganining guvohi böldik.












