Özbekiston Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga a'zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanişi tarafdori, deb aytdi Bişkekda 3 noyabrda ŞHTga kiruvçi davlatlar hukumat boşliqlari kengaşi yiğilişida Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Rustam Azimov.

"Ayni vaqtda Özbekiston tomonidan bizning hamkorlarimiz – Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya va bizning yaqin qöşnilarimiz, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston bilan birgalikda savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantiriş, yangi imkoniyatlarni izlaş va bu masalalar böyiça özaro manfaatli va özaro mos keluvçi yeçimlarni topiş böyiça aniq qadamlar körilmoqda", deb aytdi Azimov.

Rustam Azimovning aytişiça, Özbekiston barça hamkorlari: ŞHTga a'zo va kuzatuvçi davlatlar bilan ham davlatlararo, ham mintaqaviy darajada doimiy muloqotni kengaytiriş va çuqurlaştiriş tarafdori. Uning aytişiça, bu "özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun boş harakatlantiruvçi kuç" hisoblanadi.  

Bu borada Özbekiston uçun muhim strategik yönalişlar ŞHTning ulkan transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini oçişga qaratilgan birgalikdagi loyihalarni amalga oşiriş hisoblanadi.

"Özbekiston Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubi-Şarqiy va Janubiy Osiyo va Yevropa bilan samarali boğlaydigan, jumladan Xitoyning taşabbusi doirasida "Ipak yöli iqtisodiy kamari"ni yaratiş böyiça iqtisodiy asoslangan transport va tranzit yönalişlarini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaydi", deb aytdi Azimov.   

Azimov ŞHTning zaif joylaridan biri sifatida ŞHT doirasida investitsion faollikni moliyaviy qöllab-quvvatlaşning samarali köp tomonlama mexanizmining yöqligini aytdi.

"Özbekiston investitsion hamkorlikni rivojlantirişning muhim omillaridan biri hisoblangan ŞHT taraqqiyot banki yaratilişini qöllab-quvvatlaydi", deb aytdi boş vazir birinçi örinbosari.

Azimovning aytişiça, bunda Özbekiston bir qator tamoyillarga amal qilinişining tarafdori. Birinçidan, bu bank mutlaq yangi mustaqil moliyaviy institut sifatida yaratilişi lozim. Ikkinçidan, uning faoliyati ŞHTga kiruvçi davlatlarning iqtisodiy rivojlanişi va tuzilmaviy islohotlarni ta'minlovçi investitsion loyihalarni amalga oşirişgagina qaratilişi kerak. Uçinçidan, bu bankning boş qarorgohi bu moliyaviy institutning eng yirik donori böladigan mamlakatda joylaşişi kerak. 

Rustam Azimovning aytişiça, Özbekiston, şuningdek, ŞHTda kuzatuvçi va unga hamkor davlatlar bilan ham iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş, taşkilot doirasidagi birgalikdagi faoliyat sohasiga ularning ulkan salohiyatini jalb qiliş va birgalikda işlaşni kuçaytiriş tarafdoridir.