Bryusselning Volyuve-Sen-Lamber kommunasida politsiya maxsus kuçlarining bir neça ortryadi va vertolyot qurollangan kişi orqasidan quvlab yurdi. Bu haqda RTL  xabar berdi. 

Qurollangan erkakni binolardan birining tomida bir piyoda körib qolgan. Aynan u politsiyaga bu haqda xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar tomdagi erkak terrorçi bölişi mumkin deb taxmin qilişgan va yordamga vertolyot çaqirtirişgan.

Maxsus operatsiya natijasida "xavfli" jinoyatçi qölga olingan. Biroq aniqlanişiça, u josus Jyeyms Bond haqidagi filmlar asosida havaskorlik filmining suratga olinişida qatnaşayotgan yoş yigit bölib çiqqan. Uning oldidan qurol topilmagan, u tomda olib yurgan quroli mulyaj (soxta qurol) bölib çiqqan.

RTL Info portalining ma'lum qilişiça, yoş yigitga mualliflik huquqlarini buziş hamda ruxsatsiz suratga oliş ayblovi qöyilişi mumkin.