Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Osiyo mamlakatlarining taqdiri umumiy ekanligini ta'kidladi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot xizmati ma'lum qildi.
U Qozoğiston bilan döstlaşiş böyiça yapon Parlament ligasi a'zolarining Takeo Kavamuro raisligida bölib ötgan uçraşuvida şu haqida sözladi.
Nazarboyev Qozoğistonga körsatilayotgan qöllab-quvvatlaş hamda hamkorlikni rivojlantiriş yölidagi sa'y-harakatlar uçun Yaponiyaga minnatdorçilik bildirdi.
Şuningdek u qozoq-yapon hamkorligining barça yönalişlarda rivojlanişiga alohida e'tibor qaratdi.
"Biz uçun bundan keyin ham Yaponiya bilan munosabatlarni rivojlantiriş muhimdir. Biz - Osiyo mamlakatlarining taqdiri umumiydir", - deya ta'kidladi prezident.
Kavamura Qozoğistonni 2017-2018 yillar uçun BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy bölmagan a'zoligiga saylanişi bilan tabrikladi va mamlakat bu yölda yadroviy qurolsizlaniş hamda uni tarqatmaslik işiga yanada katta hissa qöşişi mumkinligini aytdi.












