Ösmirlar örtasidagi Osiyo çempionati guruh bosqiçida Özbekiston U-16 termasi darvozabonidan ğalati gol ötkazib yuborgan KXDR posboni 2017 yilgi jahon çempionatidan çetlatildi. 

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) KXDR U-16 terma jamoasi darvozaboni Jan Pak Xoni bir oy muqaddam Özbekiston ösmirlar termasiga qarşi (1:3) Osiyo çempionati 3-tur uçraşuvida ğalati gol ötkazib yuborgani uçun yoş darvozabon işini körib çiqdi.

Öşa voqea röy berişidan oldin koreyaliklar 1:0 hisobida ğalaba qozonib turgandi. Özbekiston ösmirlar terma jamoasi darvozaboni Jasurbek Umrzoqov KXDRga qarşi öyinning 49-daqiqasida şeriklarini oldinga boşlaş uçun töpni tepib yubordi. Raqib jarima maydoni tomon uçib ketayotgan töpni qaytariş uçun esa koreyalik darvozabon yugurib çiqdi va töp Jan Pak Xo ustidan ötib ketdi. Töpga yetib olmoqçi bölgan posbon yiqildi hamda öz darvozasidan gol ötkazib yubordi.

Bu uçraşuv Özbekiston vakillarining 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan va jamoa guruhda birinçi örinni egallab, keyingi bosqiçga çiqqandi. Ammo Temur Olimxöjayev şogirdlari çorak finalda Iroq U-16 terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, JÇ–2017 yöllanmasidan mahrum böldi. Koreyslar ikkinçi örin egallangani evaziga esa nisbatan osonroq raqibga duç keldi va yarim finalga ötib, JÇ yöllanmasiga ega böldi.

Komissiya koreyalik posbon ğalati golni atayin ötkazib yuborgan deb topdi va uni ösmirlar örtasidagi JÇ–2017 turniridan çetlatdi. Şuningdek, unga nisbatan 12 oylik diskvalifikatsiya qöllagan. Jamoa murabbiyi Yung Yong Su ham turnirdan çetlatilgan.

Bundan taşqari, darvozabonga 4 ming funt, murabbiyga 800 funt miqdorida jarima qöllangan. KXDR futbol federatsiyasi esa 16 ming funt jarima tölaydi.