Özbekiston hukumati 2016 yilning uçinçi çoragida umumiy qiymati 75 million dollarga teng 50ta grant jalb qildi. Bu haqda Özbekiston Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik ma'lumotlariga köra, soğliqni saqlaş sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş, Ta'lim, fan va xodimlarning malakasini oşiriş maqsadlari uçun 38,3 million dollarlik 32ta grant jalb etilgan. Şuningdek, sport, ijtimoiy himoya va madaniyat rivojlantiriş maqsadlari uçun umumiy qiymati 11,1 million dollar bölgan 10ta grant jalb qilingan.

15 mln dollar miqdoridagi 2ta grant Qişloq va suv xöjaligi sohasidagi loyihalar uçun, 8,3 mln dollar hajmidagi 2ta grant esa Huquqni muhofaza qiliş va bojxona organlarini texnik jihozlaş yönalişi böyiça jalb etilgan.

Iqtisodiyot rivoji, moliyaviy bozor va korxonalarga 0,5 mln dollarlik grant jalb qilingan. 

2016 yilning uçinçi çoragida Özbekiston turar joylar, transport va energetika infratuzilmalari uçun jalb qilgan 4ta grantning qiymati 1,8 mln dollar.

Davlat xizmati organlarini moddiy-texnikasini va institutsional rivojlanişini ta'minlaş, zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etiş uçun esa 6,2 million dollarlik (3 grant) grantlar jalb etilgan. Ekologiya sohasidagi loyihalar uçun 0,9 million dollar (4 grant) va boşqa yönalişlardagi loyihalar uçun 0,7 million dollarlik (6 grant) grantlar jalb qilingan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston 2016 yilning 1-çoragida 51,7 mln dollarlik 67ta grant, 2-çorakda 47,7 mln dollarlik 89ta grant jalb qilgandi.