Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi «Iste’dod» jamğarmasi Janubiy Koreyaning Sejong Universiteti bilan hamkorlikda magistratura va doktorantura bosqiçida grant asosida ilmiy izlanişini boşlamoqçi bölgan yoşlarni tanlovda iştirok etişga taklif etadi Bu haqda jamğarma vakili Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Tadqiqot maqsadida öqişni davom ettirmoqçi bölgan yoşlar 17ta, jumladan dizayn, arxitektura, qişloq xöjaligi, dasturlaş, maşinasozlik, elektronika, robotexnika kabi yönalişlardan birida xususiy ixtisoslikda tanlovda iştirok etişi mumkin.

Öqiş va ilmiy izlaniş yakuniga qadar har bir tadqiqotçiga 700-1100 AQŞ dollari miqdorida oylik stipendiya taqdim etiladi. Bundan taşqari, öqiş tölovi bilan boğliq xarajatlarining barçasi Sejong Universiteti tomonidan qoplanadi.

Talabgor IELTS böyiça 6.0 (3 yil iş tajribasiga ega, maqolasi xalqaro ilmiy konferensiya/jurnalda e’lon qilingan talabgorlar uçun IELTS böyiça 5.5 darajadan past bölmagan natija söraladi) darajaga ega bölişi ma’lum qilinadi. Mazkur tanlovda 30 nafar yoş izlanuvçi saralab olinişi aytilmoqda.

Tanlovda iştirok etişni istagan yoş izlanuvçilar joriy yilning 28 mart kuniga (soat 18:00) qadar quyidagi havola orqali anketalarni töldirişi, şuningdek, batafsil tuzilgan rezyumesini (ingliz tilida) [email protected] elektron manziliga boğlaniş uçun uyali aloqa raqamini qoldirgan holda yuborişi söraladi. Birinçi bosqiçdan muvaffaqiyatli ötgan talabgorlar 30 mart kuni esa Sejong Universiteti professorlari bilan suhbatga taklif etiladi.

Barça murojaatlar böyiça jamğarma vakili Jahongir Zohidov bilan (+99871) 232 6017 raqami orqali boğlaniş mumkin.