O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini  qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi “Xorijiy va mahalliy OAVlarda yuksak huquqiy tafakkurni, inson huquqlari madaniyatini, jamoatchilik nazoratining innovatsion shakl va mexanizmlarini keng targ‘ib etish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun tanlov e'lon qilinayotganini ma'lum qildi.

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha-buyurtmanomalari qabul qilinadi

1. Mamlakat parlamenti qabul qilgan yangi qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlarining asosiy jihatlarini keng ommaga yetkazishning samarali innovatsion shakl va mexanizmlarini tatbiq etish.

2. Qonunlarning insonlar hayotiga real ta'sir darajasi va aholi bilan muloqotning yangi usullarini, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli va ahamiyatini yuksaltirishning innovatsion usullarini joriy etish.

3. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishning innovatsion shakllarini amaliyotga kiritishga ko‘maklashish.

4. Jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish bo‘yicha hamkorlikdagi dasturlarni samarali amalga oshirish.

5. Qonun loyihalarining ekspert va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, jumladan, maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uyushtirish, internet va bosma nashrlarda maqolalar chop etish.

6. Davlat organlari bilan hamkorlikda OAVlar materiallarining professional, mafkuraviy va badiiy darajasini yuksaltirish dasturlarini amalga oshirish.

7. Yosh jurnalist va texnik xodimlar mahorati hamda ijodiy faolligini yuksaltirishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.

8. OAVlarning fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy, sotsial-huquqiy ongiga ijobiy ta'sirini kuchaytirish.

9. Kommunal, savdo va xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish sohalarida iste'molchilar huquqlarini ta'minlash va jamoatchilik nazoratining innovatsion usullarini ro‘yobga chiqarish.

10. “Davlat organlari xalq xizmatida” shiori ostida jamiyatda huquqiy madaniyatni va aholining huquqiy ongini yuksaltirishga, qonunga hurmat, jinoyatchilikka murosasizlik tuyg‘usini kuchaytirishga ko‘maklashish.