Hollivud aktrisasi Anjyelina Jolining vakili ma'lum qildiki, uning turmuş örtoği Bred Pitt 6 nafar bolaga kim vasiylik qilişi böyiça kelişuvga rozilik bildirgan. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Xabar qilinişiça, juftlikning kelişuvi ötgan haftada amalga oşgan. Unga köra, bolalar onada qoladi, Pitt esa «terapiya taşriflari»ni davom ettiradi. Qayd etilişiça, ikki tomon ham oilaviy «soğlomlaştiriş» tarafdori hisoblanadi.

Bundan oldingi xabarlarda Bred Pitt özi va ajraliş jarayonida bölib turgan turmuş örtoği Anjyelina Joliga 6 nafar farzandlari ustidan teng vasiylik huquqini berişni suddan rasman söragani aytilgandi.

Aktrisa şu yilning sentabr oyida özaro tuşunmaslik holati uçun ajraşiş uçun ariza bergandi.

U Pittning bolalar bilan nomaqbul munosabatda bölganini da'vo qilgan, Bred esa buni inkor etmoqda.