Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 8 noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi saylovçilari bilan uçraşdi.
Videokonferensiya tarzida taşkil etilgan uçraşuvni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati A.Qirğizboyev oçdi. Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili X.Yeşimbetov yiğilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan taniştirdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov öz saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi.
Xatamjon Ketmonov mustaqillik yillarida Birinçi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar samarasida Qoraqalpoğiston Respublikasi sanoati izçil rivojlanayotgan hududga aylangani, xususan, Qönğirot soda zavodi, Ustyurt neft-gaz kimyo majmuasi, Xöjayli şişa zavodi, Qönğirot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari kabi zamonaviy işlab çiqariş obektlari işga tuşirilgani mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Nomzod özining saylovoldi dasturida milliy manfaatlarga sodiqlik, mustaqilligimizni yanada mustahkamlaş, Vatanimiz tinçligini ta'minlaş va xalqimiz farovonligini yuksaltiriş, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlaş orqali Özbekistonning boş strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qöşiliş, jahon hamjamiyatida munosib örin egallaşga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassamligini qayd etdi.
Dasturda qişloq vraçlik punktlari tarmoğini kengaytiriş, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya xizmati körsatilişini tartibga soluvçi qonun va hujjatlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuçaytiriş, farmavtsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati hamda dori-darmon vositalari narxi ustidan davlat va jamoatçilik nazoratini mustahkamlaş, dori vositalari reklamasini çeklaş kabi muhim vazifalarga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari, Toşkent davlat agrar universiteti Nukus filiali direktori Ye.Töreniyozov,"Qoraqalpoğiston ovozi" gazetasi boş muharriri Ş.Ayapov, Xöjayli tumanidagi 70-umumta'lim maktabi direktori A.Örinboyeva, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistranti, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibasi G.Seytnazarova va boşqalar nomzodning saylovoldi dasturi xususida fikr bildirib, saylovga tayyorgarlik jarayoni milliy qonunçiligimiz va umume'tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq ötayotganini ta'kidladi. Saylovçilarni 2016 yil 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol iştirok etişga çaqirdi.












