Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov saylovoldi taşviqoti doirasidagi navbatdagi uçraşuvini 9 noyabr kuni Buxoro viloyati saylovçilari bilan ötkazdi.
Oçiq va jonli muloqot tarzida taşkil etilgan tadbirda asosiy uçraşuv joyi hamda tuman, şaharlardan jami 2600 nafardan ortiq saylovçilar, jumladan, keng jamoatçilik vakillari, tadbirkorlar, mahallalar faollari, partiya a'zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.
Uçraşuvni Özbekiston “Adolat” SDP Buxoro viloyati Kengaşi raisi örinbosari D.Hamdamova olib bordi. Narimon Umarovning işonçli vakili – xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengaşi deputati, viloyat partiya Kengaşi raisi A.Tursunov yiğilganlarni Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi bilan yaqindan taniştirdi.
Narimon Umarov buxorolik saylovçilarga murojaat qilar ekan, bu tabarruk zamin muqaddas Islom dini quvvat olgan Imom Buxoriy, Bahouddin Naqşbandiydek din peşvolarini, Abu Ali ibn Sinodek yetuk mutafakkir va olimlarni yetiştirib bergan yurt sifatida butun dunyoga maşhur ekanligini e'tirof etdi. Istiqlol yillarida navqiron Buxoro şahrining körki va gözalligi yanada ortgani, bugungi kunda şahar nafaqat özining betakror obidalari, ming yillarga borib taqaladigan madaniyati bilan balki zamonaviy mehmonxonalari, ta'lim muassasalari, sport komplekslari, teatr va madaniyat saroylari, gözal boğlari-yu, favvoralari bilan bu yerga taşrif buyurgan sayyohlarni mahliyo etayotgani haqidagi iliq fikrlar saylovçilarni xuşnud etdi.
Uçraşuv iştirokçilari, ayniqsa, Prezidentlikka nomzodning öz Saylovoldi dasturida belgilagan ustuvor ğoya va vazifalar haqidagi ma'ruzasini katta qiziqiş bilan tingladilar.
Şuningdek, N.Umarovning bugungi kunda aholi örtasida talab oşib borayotgan tibbiy muolajalarga, xususan, transplantologiyaga, ekstrakorporal uruğlantiriş va boşqa zamonaviy tibbiy xizmatlarga ruxsat beriş tarafdori ekanligi, qolaversa, xorijning yetuk tibbiyot markazlari bilan hamkorlik örnatiş, çet el vraçlarini Özbekistonning tibbiy muassasalarida jarrohlik operatsiyalari ötkaziş amaliyotini kengaytiriş, ularni doimiy asosda işga taklif qiliş orqali milliy mutaxassislarimizning malakasini oşirişga doir takliflari saylovçilar tomonidan töla qöllab-quvvatlandi.
Prezidentlikka nomzod uçraşuv iştirokçilarining öz Saylovoldi dasturi, hududni va umuman, respublikani rivojlantirişga doir köplab savollariga javob qaytardi.











