Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi. Masala 4-noyabr kuni Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida ötkazilgan yiğilişda muhokama qilindi.
«Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy özgarişlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar bilan kelganmiz», - dedi prezident.
Samarqand–Buxoro yönalişida tezyurar poyezd uçun yangi temiryöl liniyasi ham közda tutilgan. Mutasaddilarga avtomobil va temiryöl loyihalarining master-rejalarini yakunlaş, hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş topşirildi.
Şuningdek, 2026-yilda Buxorodan ötuvçi A-380 avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş yakunlanişi belgilangan. 2027-yilda esa M-37 yölining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilaş işlari boşlanadi. Qiymati 200 million dollarlik uşbu loyiha doirasida Buxoro şahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yöl ham quriladi.
Yiğilişda içimlik suvi va oqova tarmoqlari masalasi ham körib çiqildi. Bu sohada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda. Uning ikkinçi bosqiçiga yana 248 million dollar jalb qilinadi.
Loyihalar natijasida viloyatda 1,7 million aholining suv taʼminoti yaxşilanişi, 775 ming kişi kanalizatsiya tarmoğiga ulanişi kutilmoqda. Markazlaşgan içimlik suvi bilan qamrovni hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Prezident aholi bu özgarişlarni kutayotganini taʼkidlab, masʼullarga suv taʼminoti loyihalarini tezlaştirişni topşirdi.












