Özbekistondagi 4ta oliy ta'lim muassasasi Erasmus+ dasturi böyiça Yevropa ittifoqi hududidagi universitetlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyadi. Bu haqda YeIning Toşkentdagi delegatsiyasi ma'lumoti asosida «Gazeta.uz» xabar bergan.
Aniqlik kiritilişiça, Guliston davlat universiteti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Navoiy davlat pedagogika instituti va Nukus davlat pedagogika instituti uşbu dastur doirasida hisoblanadi.
Erasmus+ dasturi tanlovi yakunlari böyiça Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yangi loyihasini moliyalaştirilişi belgilangan. Uning bazasida yangi Jan Monne nomidagi Yevropa huquqi va siyosati kafedrasi taşkil etilib, magistrlar uçun yangi fanlararo kurs işlab çiqiladi.
Joriy yilda Erasmus+ uçun Özbekiston oliy ta'lim muassasalari salohiyatini oşiriş böyiça 7ta loyiha tasdiqlangan. YeIning 15 davlatidagi 23 universitet Toşkentdagi 6ta, hududlardagi 16ta OTM bilan hamkorlikni amalga oşiradi. Özbekistondagi 38ta OTMning 240 nafardan ziyod vakili Yevropadagi 25ta universitetda malaka oşirib, tahsil oladi. Yevropadan esa 100 nafarga yaqin öqituvçi va doktorantlar ma'ruzalar öqiş, tadqiqotlar ötkaziş va tajriba almaşiş maqsadida Özbekistonga keladi.












