Uzoq yillar davomida Şimoliy Koreya tungi sun’iy yöldoş suratlarida deyarli qoronği hudud sifatida körinib kelgan. Elektr ta’minotidagi uzilişlar tufayli mamlakat şaharlarida yoritiş darajasi juda past edi.

Biroq NK News ma’lumotlariga köra, 2020-yil aprelidan boşlangan olti yillik davrda Pxenyan markazida yoritilgan hudud maydoni ikki barobardan ziyod kengaygan, yoruğlik intensivligi esa uç baravar oşgan.

Naşr buni Şimoliy Koreya hukumati poytaxt markazidagi yangi binolar va yöl infratuzilmasini elektr energiyasi bilan ta’minlaşga ustuvor ahamiyat berayotganining belgisi sifatida baholaydi. Bu orqali hukumat iqtisodiy yutuqlarni namoyiş etişga intilayotgani aytilmoqda.

Pxenyanda 50 mingta yangi xonadon

2021-yil yanvarda bölib ötgan Koreya Mehnat partiyasining VIII s’yezdida Kim Çen In Pxenyanda 50 mingta yangi kvartira quriş rejasini e’lon qilgan edi.

Bu reja bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda. Jumladan, yangi Xvason mavzesida ikkita 40 qavatli turar joy binosi qurilgan. Ularning taşqi körinişi Şimoliy Koreyaning «Xvason» qit’alararo ballistik raketalarini eslatadi.

Sönggi yillarda Pxenyanning umumiy qiyofasi ham sezilarli özgargan. Şaharga uzoq yillardan beri taşrif buyurib kelayotgan kuzatuvçilar poytaxt tobora zamonaviylaşib borayotganini qayd etmoqda.

Import avtomobillari, jumladan, Xitoy elektromobillari köpaygan. Aholi smartfon ilovalari orqali QR-kod bilan tölov qiliş va taksi çaqiriş xizmatlaridan foydalanmoqda. Ğarb kiyim-keçak va kosmetika brendlarini taklif qiluvçi savdo markazlari ham paydo bölgan.

Yangi şifoxona, issiqxona va 20 ming kişilik kurort

Poytaxtda mamlakatdagi eng yirik poliklinika hamda maydoni Nyu-Yorkdagi Markaziy parkka tenglaştirilayotgan yirik issiqxona majmuasi qurib bitkazilgan.

Şimoliy Koreyaning şarqiy sohilida esa Kim Çen In bir yil avval Vonsan-Kalma turistik majmuasini oçgan. U beş kilometrlik sohil va bir vaqtning özida 20 ming mehmonni qabul qilişga möljallangan mehmonxonalar majmuasini öz içiga oladi.

Manbada qayd etilişiça, The Wall Street Journal ikki oy avval Şimoliy Koreyadagi jarayonlarni «ulkan iqtisodiy muvaffaqiyat tarixi» sifatida ta’riflagan.