Uçraşuvlarda uzoq muddatli offteyk-kontraktlarni amalga oşiriş, geologik qidiruv işlarini moliyalaştiriş, ilğor qayta işlaş texnologiyalarini joriy etiş va xalqaro moliyaviy institutlar iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Qayd qilinişiça, bu Özbekiston sanoat siyosatida strategik ahamiyatga ega yangi bosqiç boşlanganini anglatadi. Taşabbus faqat nodir minerallar zaxiralarini qidiriş va qazib oliş bilan çeklanmaydi. Asosiy maqsad – çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymat yaratiş va global bozorda raqobatbardoş eksport tizimini şakllantirişdir.

2025 yil 5 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞga rasmiy taşrifi doirasida Konçilik va geologiya vazirligi hamda “Traxys Group” örtasida hamkorlik töğrisida bitim imzolangan edi. Uşbu hujjat 2030 yilga qadar tabiiy uranni uzoq muddatli yetkazib berişni nazarda tutadi. Kontraktlarning umumiy qiymati 1,7 milliard AQŞ dollarini taşkil etadi.

2026 yil 18 fevral kuni Özbekiston prezidentining AQŞga amaliy taşrifi doirasida “Traxys Group” rahbariyati bilan ötkazilgan uçraşuvda kompaniya Toşkent şahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisini oçiş böyiça qarorini e’lon qildi. Uşbu qaror özaro hamkorlikni institutsionallaştiriş, investitsiya loyihalarini muvofiqlaştiriş va strategik minerallar sohasidagi qöşma dasturlarni jadallaştirişga xizmat qiladi.

“Traxys Group” 20 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi, AQŞ, Yevropa, Osiyo va Yaqin Şarqda önlab xalqaro ofislarga ega. Kompaniyaning yillik savdo aylanmasi 10 milliard dollar atrofida bölib, uran va strategik minerallar böyiça dunyodagi yetakçi ta’minotçilardan biri hisoblanadi.

Muhim jihat şundaki, kompaniya AQŞ Hukumati uçun işonçli minerallar yetkazib beruvçi sifatida tan olingan hamda U.S. International Development Finance Corporation (DFC) va Export-Import Bank of the United States (EXIM Bank) kabi xalqaro moliyaviy institutlar bilan yaqin hamkorlik qiladi. Bu esa Özbekiston uçun nafaqat barqaror bozor, balki zamonaviy texnologiyalar, moliyaviy resurslar va xalqaro ekspertizani jalb qiliş imkoniyatini yaratadi.

Bugungi kunda global iqtisodiyotda “kritik minerallar” tuşunçasi yangi iqtisodiy drayver sifatida strategik ahamiyat kasb etmoqda. Volfram, molibden, nikel, kobalt, vanadiy kabi resurslar energetika, mudofaa sanoati, yuqori texnologiyalar va “yaşil iqtisodiyot” uçun hal qiluvçi omil hisoblanadi.

Prezidentning tegişli qaroriga muvofiq, Özbekiston texnologik metallar kombinati tizimida 70 dan ortiq yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. 2030 yilga borib strategik minerallar işlab çiqariş hajmini 1 milliard AQŞ dollaridan oşiriş rejalaştirilgan. Agar 2025 yil yakunlariga köra korxonada 53 tonna volfram va 950 tonna molibden işlab çiqarilgan bölsa, 2026–2030 yillarda 16 ming tonna volfram hamda 5,5 ming tonna molibden işlab çiqariş rejalaştirilgan.

Samarqand va Toşkent viloyatlarida taşkil etilayotgan sanoat klasterlari qazib oliş bilan birga boyitiş va çuqur qayta işlaş jarayonlarini ham qamrab oladi. Bu esa qöşilgan qiymat zanjirini mamlakat içida şakllantirişga xizmat qiladi.

“Traxys Group” kritik minerallar sektoriga 1 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritiş taşabbusi orqali yangi moliyaviy-logistik modelni ilgari surmoqda. Mutaxassislar fikriça, bu kelişuv an’anaviy “kon oçiş–qazib oliş–qayta işlaş–sotiş” andozasida emas, balki korporotiv moliyalaştiriş orqali ta’minot zanjirini boşqariş strategiyasini şakllantiradi.

“Traxys Group”ning Markaziy Osiyodagi hamkori etib tayinlangan Temurbek Hikmatullayev Toşkentdagi mintaqaviy ofis rahbari sifatida faoliyat olib boradi. Uning ta’kidlaşiça, kompaniya Özbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotni uzoq muddatli offteyk-kontraktlar asosida xarid qiladi va kelgusi mahsulot uçun oldindan moliyalaştiriş mexanizmlarini joriy etadi. Şu bilan birga, kompaniya geologik qidiruv, qazib oliş va qayta işlaş sohalarida qöşma investitsiya loyihalarida qatnaşib, xalqaro texnik va moliyaviy ekspertizani jalb qiladi.

Ayni kunlarda Toşkent şahrida “Traxys” kompaniyasining Markaziy Osiyodagi ilk mintaqaviy ofisi tantanali ravişda oçildi. Marosimda kompaniya rahbariyati iştirok etdi. Yangi ofis investitsiya loyihalarini joyida boşqariş, şeriklar faoliyatini muvofiqlaştiriş, texnologik aloqalarni kuçaytiriş hamda mintaqaviy moliyaviy markaz sifatida faoliyat yuritiş imkoniyatini yaratadi.

“Traxys Group” boş ijroçi direktori Mark Kristoff fikriça, mazkur hamkorlik Özbekistonni strategik minerallar global ta’minot zanjirida muhim böğinga aylantirişi mumkin. Ayniqsa, “yaşil energetika”ga ötiş jarayonida uşbu resurslarga bölgan talab tobora ortib bormoqda.

“Traxys Group” taşabbusi oddiy biznes kelişuvi emas. Bu – strategik resurslar asosida mamlakatimizning yangi iqtisodiy arxitekturasini şakllantirişga qaratilgan tizimli qadamdir. Çunki strategik minerallar bugungi kunda faqat yerosti boyligi emas, balki global geosiyosiy va geoiqtisodiy ta’sir vositasiga aylangan. Özbekiston esa xomaşyo eksportçisi emas, balki çuqur qayta işlangan mahsulot yetkazib beruvçi davlat sifatida öz örnini mustahkamlaşni maqsad qilgan.