Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa yoʻnalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishga qaratilgan quyidagi hujjatlar imzolangan:

– Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari boʻyicha qoʻshma bayonot;

– Oʻzbekiston hukumati va Hindiston hukumati oʻrtasida 2026-2030 yillarga moʻljallangan madaniy almashinuvlar dasturi;

– Ayurveda va anʼanaviy tibbiyotning boshqa yoʻnalishlarida hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Fayoztepa va Qoratepa hududlarida arxeologik tadqiqotlar oʻtkazish toʻgʻrisida bayonnoma;

2026-08-30 15.23.30

– Iqtisodiy va moliyaviy muloqot toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– 2026-2028 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;

– Geologiya va mineral resurslar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Arxiv ishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent) hamda Tashqi aloqalar instituti (Hindiston) oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Samarqand viloyati va Gujarat shtati oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim.

Shuningdek, yakunda yetakchilar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazib, muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi.