Hozirgi kunda mamlakatimizda saylov kampaniyasining, ta'bir joiz bölsa, muhim bosqiçi — saylovoldi taşviqoti qizğin olib borilmoqda. Biz saylovçi sifatida öz qaraşlarimizni aniqlab oliş maqsadida nomzodlar dasturlari va partiyalar maqsad hamda vazifalari bilan tanişayapmiz, elektorat sifatida ular dasturlaridagi ustuvor yönalişlarni öz manfaatlarimiz bilan taqqoslab, tanlovimizni amalga oşirişga hozirlik körayapmiz.
Şuni qayd etiş kerakki, haqiqiy ğoyalar kuraşi yoki partiyalararo raqobat auditoriyalarda, majlislarda yoki omma oldidagi munozaralarda emas, balki bizning ongu tafakkurimizda keçadi. Çunki aynan biz ularning ğoya va maqsadlarini çuqur tahlil qilamiz, yetti ölçab, bir kesamiz.
Bugun siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularning emin-erkin faoliyati, mamlakat siyosiy hayotida, davlat ahamiyatiga molik dolzarb qarorlarni qabul qilişda faol iştirok etişi uçun yaratilgan imkoniyatlar partiyalarning siyosiy kuç sifatidagi ijtimoiy ta'sirini sezilarli darajada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Siyosiy faol fuqarolarning partiya taşkilotlariga birlaşişi ularga öz ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy manfaatlarini ilgari suriş imkonini bermoqda.
Zero, siyosiy jarayonlarda qatnaşiş, unda barça fikr va qaraşlar hamda ehtiyojlar öz ifodasini topişi aholi keng qatlami manfaatlariga javob beradigan maqbul va töğri qarorlarni qabul qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konstitutsiyamizga binoan, siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va özlarining demokratik yöl bilan saylab qöyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzişda iştirok etadilar. Özbekiston qonunçiligiga muvofiq, siyosiy partiyalar Oliy Majlisga, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlariga öz nomzodlarini körsatadi. Özbekiston
Respublikasi Prezidentligiga faqatgina siyosiy partiyalar nomzod körsatişi mumkin. Şu ma'noda, saylovlar partiyalarning siyosiy ta'sirini yanada kuçaytiriş hamda dasturiy maqsadlariga erişişda muhim vositaga aylanmoqda.
Joriy yilgi Prezident saylovida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barça partiya — Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi, Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi iştirok etmoqda. Ularning har biri davlat va jamiyat qurilişining muhim masalalari yuzasidan elektorat intilişlaridan kelib çiqqan holda, öz nuqtai nazarlarini ilgari surmoqda.
Misol uçun, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi elektorati ijodkor ziyolilar, madaniyat, san'at va axborot sohalari xodimlari, yoşlar, hunarmandlar hisoblanadi. ÖzLiDeP esa örta mulkdorlar sinfi — tadbirkorlar va işbilarmonlar, fermerlar manfaatlarini himoya qiladi. ÖzXDP elektorati davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga ehtiyojmand aholi qatlamlari, şu jumladan, pensionerlar, nogironlar, kam ta'minlangan oilalar, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqa oluvçilar, şuningdek, ijtimoiy yordam hamda ijtimoiy muhofaza bilan şuğullanayotgan byudjyet va boşqa taşkilotlar xodimlari hamda uşbu sohaning boşqa vakillaridir. “Adolat” SDP esa byudjyet sohasi xodimlari, pedagoglar, şifokorlar, muhandis-texnik va ilm-fan, xizmat körsatiş tizimlari vakillarida öz tayançini köradi.
Konstitutsiya va qonunlarimizda siyosiy partiyalar faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bir qatorda, qat'iy talablar ham belgilangan. Ularga muvofiq, konstitutsiyaviy tuzumni zörlik bilan özgartirişni maqsad qilib qöyuvçi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarşi çiquvçi, uruşni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni tarğib etuvçi, xalqning soğliği va ma'naviyatiga tajovuz qiluvçi, şuningdek, harbiylaştirilgan birlaşmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning tuzilişi va faoliyati taqiqlanadi.
Siyosiy partiyalar faoliyatining aniq tartibga solingani siyosiy muloqot hamda partiyalararo raqobatning madaniy körinişlari qaror topişini ta'minlaydi.
Biz siyosiy partiyalarning dasturiy hujjatlarini atrofliça örganib, tahlil qildik. Saylovçilarga öz qaraşlarini aniqlab oliş uçun yordam beriş maqsadida ularning farqlari va umumiy jihatlarini qiyoslab kördik.
“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvorligini hisobga olgan holda, avvalambor, mahalliy işlab çiqaruvçilarni har jihatdan qöllab-quvvatlaş, milliy hunarmandçilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, qolaversa, xalqimizning noyob ma'naviy boyligi va tarixiy merosini tarğib etiş orqali turizm sohasini jadal rivojlantirişni muhim omil sifatida baholaydi. Öz navbatida, ÖzLiDeP tadbirkorlik, kiçik biznes, fermer va dehqon xöjaliklarini rivojlantirişni har tomonlama rağbatlantiriş hamda davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini kamaytirişga alohida e'tibor qaratadi. ÖzXDP esa bozor iqtisodiyoti şaroitida davlatning asosiy tartibga soluvçilik rolini yanada mustahkamlaş tarafdori bölib, partiya vakillarining fikriça, bu bozor mexanizmlari hamda davlat tomonidan örnatilgan ijtimoiy siyosat sohasidagi aniq me'yor va qoidalarning samarali işlaşiga, aholining kam ta'minlangan qatlami uçun qulay imkoniyatlarni yaratişga xizmat qiladi. “Adolat” SDP iqtisodiyotning innovatsion rivojlanişi, resurs va energiya resurslarini tejaydigan ilğor texnologiyalarni keng joriy etiş tarafdori bölib, bu sohani ulkan salohiyatga ega, deb biladi.
Siyosiy partiyalarning ijtimoiy masalalarni hal qilişdagi maqsadlari köp holatlarda özaro yaqin bölsa-da, lekin har bir partiya uşbu yönalişda aniq maqsadga erişiş uçun öz mexanizm va yöllarini belgilab olgan. Misol uçun, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi öz dasturida oilalarni himoya qiliş, ma'naviy va jismoniy jihatdan soğlom ona, bolalar, yoşlar masalasiga, şuningdek, farovon kelajak asosi sifatida jamiyatning axborot-ğoyaviy xavfsizligini ta'minlaşga ustuvor ahamiyat qaratgan. ÖzLiDeP esa öz nuqtai nazaridan kelib çiqib, har bir inson salohiyatini röyobga çiqarişi uçun şaroit yaratiş tarafdori hisoblanadi. ÖzXDP aholining kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş borasida kuçli ijtimoiy siyosat olib boriş tarafdoridir. “Adolat” SDP esa aholining daromadi, mulki böyiça hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanişida keskin tabaqalanişning oldini olişga ustuvor vazifa sifatida qaraydi.
Ijtimoiy-siyosiy hayotda “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi millati, dini va e'tiqodi, ijtimoiy kelib çiqişidan qat'i nazar, Özbekiston xalqi va barça fuqarolarning birdamligini mustahkamlaş, milliy tiklaniş ğoyasini rivojlantirişga xizmat qiladigan an'anaviy milliy demokratik institutlarni qöllab-quvvatlaydi. ÖzLiDeP davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimini izçil demokratlaştirişni davom ettirişga hamda xususiy mulk daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlaşga intiladi. ÖzXDP davlatning rolini mustahkamlaş, pensionerlar, nogironlar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boşqa qatlami manfaatlarini himoya qiliş, uşbu qatlamni qöllab-quvvatlaşga doir davlat qarorlarining samarali bajarilişi yuzasidan mahalliy davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, fuqarolar yiğinlari mas'uliyatini oşirişga urğu beradi. “Adolat” SDP öz dasturida “yalpi farovonlik davlati”ni yaratiş, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat, birdamlik va insonparvarlik, kamsitişga yöl qöymaslik singari tamoyillarni mustahkamlaş böyiça vazifalarni belgilab olgan.
Mamlakatimizda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarining işonçli kafolatlarini ta'minlaşda muhim omil bölmoqda. Sud hokimiyatini mustahkamlaş yölidagi islohotlar natijasida jamiyatda adolatga, sudlarga işonç yuksalmoqda. Ma'muriy va jinoyat qonunçiligining izçil liberallaştirilişi inson huquqlari hamda erkinliklari himoyasini kuçaytirişga, jamiyatda qonunga hurmat va itoat hissi yuksalişiga xizmat qilmoqda. Tabiiyki, saylovçilarimiz mazkur yönalişdagi islohotlarning davom ettirilişidan manfaatdor. Şu bois siyosiy partiyalar öz dasturlarida uşbu masalaga alohida yondaşganlar.
Masalan, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi xalqimizning milliy an'ana va urf-odatlarini özida aks ettirgan, unga xos bölgan muruvvat, keçirimlilik, insonparvarlik va bağrikenglik kabi olijanob fazilatlar sud amaliyotiga joriy etilişini ustuvor vazifalaridan, deb biladi. ÖzLiDeP mulkdorlar, tadbirkorlar, fermerlar va işbilarmonlarning huquq va manfaatlari işonçli himoyasini ta'minlaşga, xöjalik nizolarini hal qilişning muqobil, suddan taşqari şakllarini rivojlantirişga muhim e'tibor qaratib keladi. ÖzXDP aholining kam ta'minlangan qatlamlari öz haq-huquqlarini himoya qilişi uçun sudga murojaat etişi imkoniyatlarini kengaytiriş tarafdori hisoblanadi. “Adolat” SDP sudlar faoliyatining oçiq va oşkoraligi, sud jarayonida tomonlarning tengligi va xolis tortişuv tamoyillarini kuçaytiriş, huquq-tartibot organlari faoliyati ustidan samarali sud va jamoatçilik nazoratini örnatişga intiladi.
Partiya taşkilotlarining davlat siyosatini amalga oşirişda iştirok etişining huquqiy mexanizmlari yaratilgani ularning siyosiy ta'siri ösişiga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda siyosiy partiyalar Qonunçilik palatasiga öz nomzodini körsatiş böyiça mutlaq huquqidan faol foydalanmoqda. Bu ularga partiya va elektorat manfaatlarini qonun loyihalari, muhim davlat dasturlarini işlab çiqiş va qabul qiliş orqali ilgari suriş imkonini berayapti. Mamlakat Boş vaziri nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng köp deputatlik örinlarini qölga kiritgan bir neça siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Şunday qilib, siyosiy partiyalar ijro hokimiyatini şakllantirişda iştirok etadi, hukumat rahbarining hisobotlarini muntazam eşitib boriş orqali uning faoliyatiga ta'sir körsatadi.
2015 yilning mart oyida iqtisodiy, siyosiy va sud-huquq sohalarida dasturiy maqsadlari hamda nuqtai nazarlari yaqinligini hisobga olib, ÖzLiDeP va “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyalari öz sa'y-harakatlarini birlaştirib, parlament quyi palatasidagi köpçilikni, ya'ni Demokratik kuçlar blokini tuzişdi. Bu siyosiy partiyalarga qonunlar loyihalarini işlab çiqiş, muhim davlat dasturlarini qabul qiliş, nazorat-tahlil faoliyatini olib borişda öz dasturiy maqsadlarini ilgari surişida keng imkoniyatlar taqdim qilmoqda.
Öz navbatida, Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari özlarini parlament muxolifi, deb e'lon qilib, qonunçilikda belgilangan huquq va vakolatlaridan foydalangan holda, öz elektorati manfaatlarini izçil ifodalaş hamda ilgari suriş böyiça vazifalarni belgilab olişdi. Qator qonunlar, mamlakat Davlat byudjyeti muhokamasida Demokratik kuçlar bloki hamda muxolif fraksiyalar fikr-mulohazalari har tomonlama örganib çiqildi va parlament tomonidan tegişli hujjatlar qabul qilinayotganda bulardan foydalanildi.
Şu kunlarda saylov kampaniyasi qizğin pallaga kirdi. Siyosiy partiyalar Prezidentlikka nomzodning dasturidagi maqsad va vazifalarni keng taşviqot qiliş asnosida öz ğoyalarini ham tarğib etmoqda, partiya elektorati va tarafdorlari sonini köpaytiriş maqsadida partiya dasturlarini ham ommalaştirişga harakat qilayapti. Şu bilan öz salohiyatini kuçaytirib olmoqda. Alohida qayd etiş kerakki, qonunçilikka binoan, partiyalarga saylovoldi taşviqotini olib borişda tölaqonli teng imkoniyatlar taqdim qilingan bölib, bu saylovçilarning öz qarorini erkin qabul qilişiga yordam beradi.










