Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Anvar Nosirov MDH davlatlarini Özbekistonning rivojlangan transport tizimidan birgalikda foydalanişga taklif qildi. Bu haqda Sputnik-Özbekiston xabar bermoqda.
“Özbekistonda jadal suratlarda zamonaviy yöl-transport va kommunikatsiya-muhandislik tizimlari qurilmoqda. Biz MDH mamlakatlaridagi hamkorlarimiz bilan uşbu yangi magistrallardan birgalikda foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqişga tayyormiz”, — dedi Anvar Nosirov 8 noyabr kuni "Rossiyaning 2017 yil davomida MDHda raislik konsepsiyasi" taqdimoti marosimida.
Yangi magistrallar qatorida Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Afğonistonning Mozori Şarif şahriga olib boruvçi "Toşguzar-Boysun-Qumqörğon" yönalişini, Toşkentdan – Samarqandga, Buxoroga va Qarşiga qadar yölga qöyilgan tezyurar poyezdlar harakatini, yangi “Angren – Pop” temir yölini aytib ötdi.











