Ispaniyaning Örta Yer dengizi qirğoqlarida Ukraina prezidentiga taalluqli va deklaratsiyada qayd etilmagan haşamatli villa aniqlandi. Bu haqda "Sxemy" dasturi jurnalistlari xabar berdi.
Ukrainalik jurnalistlar aniqlaşiça, Marbelya şahrining ğarbida joylaşgan villa Poroşenko nomiga uning Feruvita SL kompaniyasi tomonidan rasmiylaştirilgan. Firma uşbu köçmas mulk obektini 2008 yilda sotib olgan bölib, uning moliyaviy hujjatlarida körsatilişiça, uşbu bino 4 million yevroga aylangan.
1254 kvadrat metr maydonga ega bölgan ikki qavatli villa 1993 yilda qurilgan. 0,26 ga maydonga qurilgan uşbu binoning suziş havzasi ham bor.







