Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Leyptsig aeroportida dunyodagi eng katta samolyotning dvigateli yonib ketdi
Germaniyaning Leyptsig shahri aeroportida dunyodagi eng katta samolyot – An-225 "Mriya" qo‘nayotganda dvigatellaridan biri yonib ketdi. Voqea guvohlari voqeani kameraga yozib olishdi.
Yong‘inni o‘chirish uchun 9 ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib keldi va yong‘in 15 daqiqa ichida bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Sachsen Fernsehen telekanali.
Ayni vaqtda samolyot parvozini davom ettirishi haqida hech narsa ma'lum emas, bu aniqlashtirilmoqda. Aeroport ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Chiliga uchishi kerak bo‘lgan.
Samolyot 250 tonnagacha yuklarni tashish uchun loyihalashtirib qurilgan. Samolyotning qanotlari qulochi 88,4 metr, korpusi uzunligi 84 metrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
15:26 / 29.01.2026
Germaniya Ukrainaga 33 ta mobil issiqlik elektr stansiyasi yuboradi
13:55 / 29.01.2026
Germaniya hukumati 2026 yil uchun iqtisodiy prognozni pasaytirdi
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
08:32 / 29.01.2026