Bu haqda Germaniyaning axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va kompyuter texnologiyalari sohasidagi Bitkom federal uyuşmasi 26-avgust kuni eʼlon qilgan tadqiqotida maʼlum qildi. Tadqiqot doirasida kamida 10 nafar xodim işlaydigan 1003 ta Germaniya kompaniyasi sörovdan ötkazilgan.

Maʼlumotlarga köra, sönggi 12 oyda kiberhujumlar, josuslik yoki diversiyaga duç kelgan kompaniyalarning 37 foizi kamida bitta jinoyat ortida xorijiy davlat maxsus xizmatlari turganini aniqlagan. Bu körsatkiç 2025-yilda 28 foizni, 2023-yilda esa atigi 7 foizni taşkil etgan.

Hujum sodir etilganini tasdiqlay olgan kompaniyalarning 52 foizi uning manbasini Xitoy bilan boğlagan. Yana 49 foiz kompaniya Rossiyaga olib boruvçi izlarni aniqlagan.

Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan Şarqiy Yevropa mamlakatlari hujumlar manbasi sifatida 34 foiz holatda qayd etilgan. AQŞ uluşi 27 foizni, Germaniyadan taşqari YEI davlatlari 12 foizni taşkil qilgan. Hujumlarning yana 12 foizida izlar Germaniyaning öziga olib borgan.

Bitkom Eronni iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi «yangi va sezilarli öyinçi» deb atagan. Jabrlangan kompaniyalarning 9 foizi hujumlarda Eron bilan boğliq izlarni aniqlagan.

Şu bilan birga, kompaniyalarning aksariyati ularga qarşi hujumlar ortida uyuşgan jinoiy guruhlar turganini maʼlum qilgan.

Bitkom rahbari Ralf Vintergerstning taʼkidlaşiça, köplab mamlakatlarda uyuşgan jinoyatçilik va maxsus xizmatlar örtasidagi çegara tobora noaniqlaşib bormoqda. Uning sözlariga köra, maxsus xizmatlar jinoiy tuzilmalardan foydalanişi, jinoyatçilarga esa siyosiy maqsadlarga mos nişonlarni tanlagan taqdirda erkin harakat qiliş imkoniyati berilişi mumkin.

Tadqiqotda sunʼiy intellektdan kiberhujumlarda foydalaniş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Kompaniyalarning 82 foizi jinoyatçilar hujumlarni amalga oşirişda sunʼiy intellektdan tobora köproq foydalanayotganini bildirgan.

Biroq respondentlarning 31 foizigina bunga işonç bildirgan, 51 foizi esa sunʼiy intellekt qöllanayotganini taxmin qilgan. Kompaniyalarning 17 foizi esa sunʼiy intellektdan foydalanilganini kriminalistik ekspertiza orqali tasdiqlovçi dalillarga ega ekanini aytgan.

Sunʼiy intellektdan foydalanilganini körsatuvçi belgilar orasida hujum urinişlarining avtomatik ravişda moslaşişi eng köp - 53 foiz holatda qayd etilgan. Yuqori sifatli soxta audio va videolar 48 foiz, sifatli xabarlar va elektron maktublar 38 foiz, hujumlarning juda yuqori çastotasi 34 foiz hamda çuqur şaxsiylaştirilgan kontent 28 foiz holatda tilga olingan.