Kyolndagi Germaniya iqtisodiyot instituti (IW) maʼlumotlariga köra, 2025-yilda xorijiy kompaniyalarning Germaniyaga kiritgan töğridan töğri investitsiyalari sezilarli darajada köpaygan.
Yil davomida mamlakatga 86 milliard yevro miqdorida töğridan töğri xorijiy investitsiya kiritilgan. Bu 2024-yildagi körsatkiçdan 50 foizga köp.
Institut ekspertlari bunday ösişni baholaşda 2024-yilda investitsiyalar hajmi keskin kamayganini ham hisobga oliş zarurligini taʼkidlagan. Öşa yili Germaniyaga töğridan töğri xorijiy investitsiyalar 32 foizga qisqargan edi.
Ekspertlarning qayd etişiça, töğridan töğri investitsiyalar oqimi yildan yilga sezilarli özgarişi mumkin. Ayrim yirik bitimlarning özi ham umumiy körsatkiçga katta taʼsir körsatadi. Bundan taşqari, investitsiyalarga oid statistika keyinçalik yuqori yoki past tomonga qayta körib çiqilişi mumkin.
Şunga qaramay, 2025-yilgi körsatkiç 2015–2024-yillardagi investitsiyalar medianasi bilan taqqoslanganda ham 11 foizga yuqori bölgan.
Ayni paytda, Germaniyaga sarmoya kiritayotgan davlatlar tarkibida jiddiy özgariş kuzatilgan.
Xususan, AQŞ kompaniyalarining Germaniyaga investitsiyalari 2025-yilda 44 foizga qisqarib, 11,8 milliard yevroga tuşgan. Natijada AQŞning Germaniyaga kiritilgan jami xorijiy investitsiyalardagi uluşi 36 foizdan 14 foizga kamaygan.
Buyuk Britaniya kompaniyalarining investitsiyalari esa, aksinça, 284 foizga oşib, 26 milliard yevroga yetgan. Bu Germaniyaga 2025-yilda kiritilgan jami xorijiy investitsiyalarning 31 foiziga teng.
Şuningdek, Xitoy, Çili va Saudiya Arabistonidan kiritilgan investitsiyalar hajmi ham oşgan. Biroq IW maʼlumotlariga köra, uşbu mamlakatlarning Germaniyaga kiritilgan jami xorijiy sarmoyadagi uluşi hozirça nisbatan kiçikligiça qolmoqda.
Germaniyaga xorijiy investitsiyalarning eng katta qismi Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlaridan kirib kelgan. 2025-yilda YEI mamlakatlaridan investitsiyalar hajmi 2,7 foizga kamayib, 43 milliard yevroga tuşgan.
Şunga qaramay, bu Germaniyaga yil davomida kiritilgan barça xorijiy investitsiyalarning qariyb yarmini taşkil etadi.
Germaniyaga xorijiy sarmoya oqimi keskin oşdi
11:22 / 01.09.20268 0492 min
2025-yilda Germaniyaga kiritilgan töğridan töğri xorijiy investitsiyalar hajmi 50 foizga oşib, 86 milliard yevroga yetdi. AQŞ kompaniyalari investitsiyalarni keskin qisqartirgan bir paytda, Britaniyadan kiritilgan sarmoya hajmi 284 foizga ösgan.







