AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning hisoblaşiça, ijtimoiy tarmoqlar ovoz beriş jarayonlariga katta ta'sir körsatdi. U bu haqda CBS telekanalining "60 daqiqa" körsatuvi efirida sözlagan.

Uning sözlariga köra, aynan onlayn-servislar unga saylovoldi kampaniyasida odatdagidan köra ança kamroq mablağ sarflaşiga imkon bergan.

"Mening ijtimoiy tarmoqlardagi öquvçilarim soni 28 milliondan ortiq. Men rostdan ham "Feysbuk",  "Tvitter", "Instagram" va boşqa ijtimoiy tarmoqlardagi faolligim menga prezidentlik saylovida ğalabaga erişişimga zamin yaratdi. Men ijtimoiy tarmoqlar tufayli katta miqdordagi mablağlar sarflanadigan an'anaviy saylovoldi kampaniyasidan qutuldim. Men şunday yöl muvaffaqiyatli ekanini isbotladim", — degan Tramp.

Uning sözlariga köra, Oq uy rahbari uçun tvitterda oçilgan akkauntdan foydalaniş imkoniyatlari çeklangan. 

"Men endi tvitterda özimni vazmin tutaman. Umuman olganda yozişga vaqtim bölsa", — degan milliarder.

Bundan oldinroq, Trampning tvitterdagi akkaunti demokratlar bu nomzodning tvitterdagi tvitlari uçun kula boşlaşgaç, uning yordamçilari tomonidan nazoratga olingani va nomzodning özi çetlatilgani haqida xabar qilingandi. Lekin keyinroq respublikaçilar ştabi bu xabarlarni rad qildi.