«Ijtimoiy tarmoqlar bolalar uçun zararli». Bu – AQŞning Kaliforniya, Kentukki va Nyu-Meksiko ştatlarida bölib ötgan şov-şuvli sud işlarida çiqarilgan keskin hukm edi. Kremniy vodiysi (Silicon Valley) misli körilmagan darajada hukmron bölib turgan bir paytda, uning eng maşhur işlanmalaridan biri – Meta'ning mahsulotlari öziga jalb qiliş xususiyatiga va sud da’volariga ega.

Bugun, 18-avgust kuni Kaliforniyaning Oklend şahrida ijtimoiy tarmoqlarga oid sönggi sud işi böyiça oçiq eşituvlar boşlanadi. Kaliforniya va boşqa ştatlar Facebook va Instagram egasi - Meta kompaniyasiga qarşi da’vo qözğatgan. Ular kompaniya «yoşlar va ösmirlarni jalb qiliş, ularning e’tiborini tortiş va oxir-oqibat öziga boğlab qöyiş uçun kuçli va misli körilmagan texnologiyalardan foydalangani»ni da’vo qilmoqda. Meta esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

New York Times'ning yozişiça, ammo ijtimoiy tarmoqlar va ekranga qaramlik böyiça Kremniy vodiysidagi bir qator rahbarlarining özlarida ham muammo bor. Xususan, naşr dunyoning eng qudratli IT kompaniyalari rahbarlari öz oilasi va farzandlarini qanday qilib raqamli qaramlikdan asraşi haqidagi ma’lumotlarni jamladi.

Mark Sukerberg

«Men umuman olganda, bolalarim uzoq vaqt televizor yoki kompyuter qarşisida ötirişlarini xohlamayman», degandi Meta boş direktori Mark Sukerberg. «Odamlar bilan muloqot qiliş yaxşi, ammo kontentni passiv ravişda iste’mol qiliş, «şunçaki bitta videodan boşqasiga ötiş» – «bir xil ijobiy foyda» bermaydi, deb tuşuntirgandi u.

2017-yilda Sukerbergning ikkinçi farzandi tuğilganda, rafiqasi bilan qiziga oçiq xat yozgan. Ular nomada «taşqariga çiqiş va öynaş uçun vaqt ajratiş muhim»ligini ta’kidlaşgan. Gullarni hidlaşga va barglarni terişga e’tibor qaratgan. Ammo, xatda raqamli texnologiyalar haqida heç narsa tilga olinmaydi.