Irlandiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi, örta yengil vaznda (61-66 kg) UFC jahon çempioni kamari sohibi Konor Makgregor yengil vazndagi (66-71 kg) jahon çempioni, amerikalik Eddi Alvaresga qarşi keçgan jangda ğolib böldi. Nyu-Yorkda UFC 205 musobaqasi doirasida ötkazilgan uçraşuv irlandiyalikning 2-raunddagi muddatdan avval ğalabasi bilan yakunlandi. Irlandiyalik hujumlaridan birida amerikalik jangçini nokautga uçratdi. 

E'tiborlisi, Makgregor UFC tarixida ikkita turli vazn toifasidagi çempionlik kamarini özida birlaştira olgan birinçi jangçi böldi. Şuningdek, UFC 205 Nyu-Yorkda aralaş yakkakuraş janglari böyiça ötkazilgan birinçi musobaqa böldi. Avvalroq MMA qoidalariga köra ştatda bu janglarni ötkaziş man qilingan edi, biroq Assambleya 2016 yilda bu taqiqlovning bekor qilinişiga ovoz bergan. 

Jangçi faoliyatidagi bu muhim ğalabasidan keyin "unga heç kim qörqinçli emasligini" aytdi.

"Alvares – mening darajamdagi jangçi emas. U haqiqiy jangçi, biroq men undan ança ustunman. Mendan bu kamarlardan hattoki birini tortib olmoqçi bölgan istalgan odam yaxşilik kutmasin. Men barçasini yöq qilib taşlayman! Bilingki, men heç kim oldida uzr söramayman. Buni çin yurakdan aytmoqdaman. Kimki meni jangga çaqirmasin, men uni kulgiga qoldiraman", deb aytdi jangçi.

Musobaqadan örin olgan qolgan uçraşuvlar quyidagiça yakunlandi:

Erkaklar.
77 kg gaça. Titul jang. Tayron Vudli (AQŞ) (16-3-1) — Stefen Tompson (AQŞ) (13-2-1) — durrang.
84 kg gaça. Kris Ueydman (AQŞ) (13-2) — Yoel Romero (Kuba) (13-1) — Romero ğalabasi.
66 kg gaça. Frenki Edgar (AQŞ) (21-5-1) — Jyeremi Stefens (AQŞ) (25-13) — Edgar ğalabasi.
70 kg gaça. Xabib Nurmagomedov (Rossiya) (24-0) — Maykl Jonson (AQŞ) (12-9) —Nurmagomedov ğalabasi.
84 kg gaça. Tim Byotç (AQŞ) (20-10) — Rafael Natal (Braziliya) (21-8-1) — Byotç ğalabasi.
77 kg gaça. Visente Luke (Braziliya) (11-5-1) — Belal Muxammad (AQŞ) (10-2) — Luke ğalabasi.
73 kg gaça. Jim Miller (AQŞ) (28-8) — Tyagu Alves (Braziliya) (21-11) — Miller ğalabasi.

Ayollar.
52 kg gaça. Titul jang. Yoanna Yenjyeyçik (Polşa) (13-0) — Karolina Kovalkeviç (Polşa) (10-1) — Yenjyeyçik ğalabasi.
61 kg gaça. Mişa Teyt (AQŞ) (18-7) — Rakel Pennington (AQŞ) (9-5) — Pennington ğalabasi.
61 kg gaça. Liz Karmuş (AQŞ) (11-5) — Ketlin Çukajan (AQŞ) (8-1) — Karmuş ğalabasi.