Fransiya Vaşingtonda bölib ötadigan UFC turniri sababli “Katta yettilik” sammiti ötkaziladigan sanani özgartirdi. Bu haqda Politico gazetasi xabar berdi.

Ötgan yili Parij 2026 yilning 14-16 iyun kunlari yuqori darajadagi G7 sammiti ötkazilişini ma’lum qilgandi. Oktyabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp 14 iyun kuni Oq uyda UFC turniri ötkazilişini e’lon qildi.  

Natijada sammit 15-17 iyun kunlariga köçirildi.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron matbuot xizmati naşrga tadbir sanasi köçirilişi sabablarini ma’lum qilmagan.

Oq uy vakilining sözlariga köra esa, "hamkorlar prezident Trampning G7 sammitida iştirok etişini juda muhim deb hisoblaşgani uçun AQŞ prezidentining iş jadvalini hisobga olib muddatni bir kunga surişgan".

Trampning sözlariga köra, Oq uydagi UFC turniri AQŞ mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining 250 yilligi tantanalari doirasida ötkaziladi.